12 009.920 so‘m

decrease

-29.690

13 933.910 so‘m

decrease

-58.520

147.800 so‘m

decrease

-1.370

12 009.920 so‘m

decrease

-29.690

9 soat avval
Iqtisodiyot
32

Qayta hisob-kitoblardan soʻng Oʻzbekiston Yalpi ichki mahsuloti $121,4 mlrdga yetdi

Oʻzbekistonning 2024-yilgi YaIMI qayta hisob-kitoblardan soʻng 121,4 mlrd dollarga yetdi. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, davlat byudjeti ijrosini toʻliq qamrab olish natijasida 80,9 trln soʻmlik qoʻshimcha qiymat aniqlandi.

Qayta hisob-kitoblardan soʻng Oʻzbekiston Yalpi ichki mahsuloti $121,4 mlrdga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonning 2024-yil yakuni boʻyicha yalpi ichki mahsuloti (YaIM) qayta hisoblash natijasida $121 mlrddan oshdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

17-noyabr kuni Toshkentda oʻtkazilgan xalqaro konferensiya va matbuot anjumanida qoʻmita raisi Behzod Hamrayev qayta hisoblash natijalari va yangilangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha maʼlumot berdi.

Yakuniy hisob-kitoblarga koʻra, 2024-yil uchun YaIMning nominal hajmi amaldagi 1 454,6 trln soʻmdan 1 535,4 trln soʻmga (80,9 trln soʻmga) yoki 5,6% ga oshirildi. Natijada mamlakat YaIMi AQSh dollari hisobida $115 mlrddan $121,4 mlrdga yetdi.

Qayta baholash shuningdek aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YaIM koʻrsatkichini 41,3 mln soʻm etib belgiladi. Davlat byudjeti ijrosining toʻliq qamrab olinishi hisobiga 36,4 trln soʻmlik yangi qoʻshilgan qiymat aniqlangan.

Sohalar kesimida qaralganda:

  • sanoat boʻyicha qoʻshimcha 12,7 trln soʻm,
  • qishloq xoʻjaligida 5,6 trln soʻm,
  • qurilishda 10,3 trln soʻm,
  • xizmatlar sohasida esa 16,3 trln soʻmlik qoʻshilgan qiymat qayta hisoblandi.

Malumot uchun, yanvar–sentabr oylari yakuniga koʻra, mamlakat YaIMI 1,3 kvadrillion soʻmdan ($108,73 mlrd) oshdi, real oʻsish surʼati esa 7,6% ni tashkil qilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+