11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

13 329.150 so‘m

decrease

-108.120

146.750 so‘m

increase

0.790

11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

7 daqiqa avval
Bank
75

Qahramonjon Olimov ANORBANK Kuzatuv kengashidan chiqdi

ANORBANK aksiyadorlari Qahramonjon Olimovning Kuzatuv kengashidan chiqish haqidagi arizasini qanoatlantirdi. Uning vakolatlari muddatidan oldin tugatilib, oʻrniga Konstantin Voistinov saylandi. Olimov kengashdan chiqish uchun 2 oktabr kuni ariza bergan edi.

Qahramonjon Olimov ANORBANK Kuzatuv kengashidan chiqdi

ANORBANK aksiyadorlarining 28 oktabrdagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida Qahramonjon Olimovning Kuzatuv kengashi aʼzosi sifatidagi vakolatlari muddatidan oldin tugatildi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida eʼlon qilingan muhim faktda maʼlum qilindi.

Yigʻilishda ovoz beruvchi aksiyalarning 100 foizi qatnashgan. Olimovning arizasini qanoatlantirish va vakolatlarini tugatish toʻgʻrisidagi qaror bir ovozdan maʼqullangan.

Uning oʻrniga Konstantin Alekseyevich Voistinov Kuzatuv kengashi aʼzoligiga saylangan. Qarorga koʻra, uning vakolatlari Markaziy bank roziligi olinganidan keyin kuchga kiradi. Bank boshqaruviga nomzodni regulyator bilan belgilangan tartibda kelishish vazifasi yuklatilgan.

Olimov 2 oktabr kuni Kuzatuv kengashi tarkibidan chiqish uchun ariza bergan edi. Davlat reyestri maʼlumotlariga koʻra, unga bank aksiyalarining 49,4 foizi tegishli. Yana 50 foiz ulush Niderlandiyada roʻyxatdan oʻtgan Bekamin B.V. kompaniyasiga, qolgan 0,6 foiz esa “Kapital sugʻurta”ga qarashli.

Sentabr oyida Olimovning Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning nomiga tashkilot saytida qizil bildirishnoma joylashtirilgan, biroq ochiq kartochkada qidiruv sababi koʻrsatilmagan. The Insider oʻz manbasiga tayanib, tadbirkor Oʻzbekistonda odam oʻgʻirlashga oid ish doirasida sirtdan hibsga olinganini yozgan. Keyinchalik Olimovga oid kartochka Interpolning ochiq saytidan olib tashlangan.

Olimov esa 16 oktabr kuni Fransiyadagi advokatlari orqali tarqatilgan bayonotida ayblovlarni rad etib, ularni toʻqima deb atagan va sudda kurashayotganini bildirgan.

Uning aytishicha, 2025 yil 24 iyunda Parijda oʻzi oʻgʻirlab ketilgan, ikki kun tutqunlikda saqlangan, qiynoqqa solingan va ozod qilinishi uchun pul toʻlashga majburlangan. Olimov ushbu ish boʻyicha Fransiyada besh kishi sudgacha qamoqda saqlanayotgani, yana ikki shaxs sud nazoratiga olinganini maʼlum qilgan. U oʻzi odam oʻgʻirlash qurboni boʻla turib, aynan shu jinoyatda ayblanayotganiga eʼtiroz bildirgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+