12 422.900 so‘m

decrease

-37.800

14 457.770 so‘m

decrease

-87.610

154.300 so‘m

decrease

-0.760

12 422.900 so‘m

decrease

-37.800

14 soat avval
Bank

“Poytaxt Bank” ustav kapitalini 500 milliard soʻmga yetkazmoqda

“Poytaxt Bank” AJ Kuzatuv kengashi 28 avgust kuni bank ustav kapitalini oshirish maqsadida qoʻshimcha emissiya chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq, umumiy qiymati 400 milliard soʻm boʻlgan oddiy aksiyalar bankning yagona aksiyadori — “Bond Investment Limited” LLC kompaniyasiga yopiq obuna shaklida joylashtiriladi.

“Poytaxt Bank” ustav kapitalini 500 milliard soʻmga yetkazmoqda
Foto: AI/Pinkod.uz

2025 yil 28 avgust kuni “Poytaxt Bank” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining majlisi boʻlib oʻtdi. Bu haqda korporativ maʼlumotlar yagona portalida keltirib oʻtilgan.

Majlis qaroriga muvofiq, bank tomonidan qoʻshimcha ravishda nominal qiymati 1 000 soʻmdan boʻlgan 400 million dona oddiy aksiyalar chiqarilishi belgilandi. Ushbu emissiyaning umumiy hajmi 400 milliard soʻmni tashkil etadi.

Maʼlumki, “Poytaxt Bank” AJ ustav kapitali tashkil etilgan paytdan buyon 100 milliard soʻmni tashkil qilib kelgan. 

Endilikda yangi aksiyalar bankning yagona aksiyadori — BAAda roʻyxatdan oʻtgan “Bond Investment Limited” LLC kompaniyasiga yopiq obuna shaklida joylashtiriladi va ustav kapitali miqdori 500 milliard soʻmga yetkaziladi. Aksiyalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab bir yil davomida joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Qoʻshimcha emissiya boʻyicha toʻlovlar milliy valyutada, faqatgina naqdsiz hisob-kitob shaklida amalga oshiriladi.

Taʼkidlash joizki, amaldagi qonunchilikka muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan boshlab tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 500 milliard soʻm etib belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yil 27 avgust kuni Markaziy bank “Yevroosiyo Bank” AJning litsenziyasini bekor qilgan edi. Mazkur qaror bank ustav kapitalining belgilangan minimal talablarga yetmaganligi va bank faoliyatida qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻyilgani bilan izohlangan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+