12 044.720 so‘m

decrease

-11.180

13 525.020 so‘m

decrease

-47.510

145.460 so‘m

increase

1.300

12 044.720 so‘m

decrease

-11.180

1 soat avval
Texnologiya
44

Perfectum kamida uch yil alohida ishlaydi: Raqobat qoʻmitasi VEON’ning xaridiga shartli rozilik berdi

Raqobat qoʻmitasi Perfectum aksiyalarining 100 foizini VEON guruhiga sotish bitimiga qator shartlar bilan oldindan rozilik berdi. Operator kamida uch yil alohida faoliyat yuritishi, amaldagi abonentlar uchun 5G FWA tariflari esa 12 oy saqlanishi kerak. Abonentlarni Beeline yoki guruhning raqamli platformalari xizmatlaridan foydalanishga majburlashga ham yoʻl qoʻyilmaydi.

Perfectum kamida uch yil alohida ishlaydi: Raqobat qoʻmitasi VEON’ning xaridiga shartli rozilik berdi

Raqobat qoʻmitasi Birlashgan Arab Amirliklarida roʻyxatdan oʻtgan “VEON UZB Holding Ltd” kompaniyasining Perfectum operatorini toʻliq sotib olish boʻyicha arizasini koʻrib chiqdi. Qoʻmitaning Maxsus komissiyasi bitimga raqobat va abonentlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan shartlar asosida oldindan rozilik berdi.

Xaridor kompaniya Oʻzbekistonda Beeline brendi ostida ishlovchi “Unitel”ning ham 100 foiz ulushiga ega. Bitim doirasida u Perfectum savdo belgisi ostida xizmat koʻrsatuvchi “Rubicon Wireless Communication” AJ aksiyalarini sotib oladi.

Qoʻmita shartlariga koʻra, Perfectum kamida uch yil davomida alohida faoliyat yuritishi kerak. Shuningdek, operatorning 5G Standalone texnologiyasini boshqa hududlarga kengaytirish talabi belgilangan.

Amaldagi abonentlar uchun 5G FWA — simsiz keng polosali internet tariflari 12 oy davomida saqlanishi lozim. Yangi abonentlarga qulay shartlar yaratilishi, internetning oʻrtacha tezligi esa 300 Mbit/s dan pasaytirilmasligi kerak.

Bundan tashqari, abonentlarga shartnoma predmetiga aloqador boʻlmagan talablarni majburan yuklash va ularning boshqa mobil operatorlarga oʻtish erkinligini cheklash taqiqlanadi. Ularni Beeline yoki VEON guruhiga tegishli raqamli platformalardan foydalanishga majburlash, raqobatchi xizmatlardan foydalanishini cheklash ham mumkin emas.

Xizmat koʻrsatish shartlarini asossiz yomonlashtirmaslik ham alohida shart sifatida belgilangan. Abonentlarning shaxsiy va tijorat maʼlumotlari himoya qilinishi, ulardan raqobatni cheklash maqsadida foydalanilmasligi hamda qonunchilikka zid ravishda xorijiy serverlarga uzatilmasligi lozim.

Avvalroq VEON Perfectum’ni qariyb 207 mln dollarlik bitim doirasida sotib olishga kelishganini eʼlon qilgandi. Ushbu summa operatorning taxminan 93 mln dollarlik moliyaviy qarzini ham oʻz ichiga oladi. Kompaniya xaridni oktabr oxirigacha yakunlashni rejalashtirgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+