11 833.370 so‘m

increase

35.910

13 577.610 so‘m

decrease

-30.760

139.790 so‘m

increase

0.020

11 833.370 so‘m

increase

35.910

2 soat avval
Iqtisodiyot
55

Pedagoglar farzandlari kontraktiga 30 foiz chegirma beriladi

2026/2027-oʻquv yilidan boshlab davlat OTMlarida tahsil olayotgan pedagoglar farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi. Imtiyoz bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar uchun amal qiladi. Bir oilada bir nechta farzand shartlarga mos kelsa, chegirma ularning har biriga alohida qoʻllaniladi.

Pedagoglar farzandlari kontraktiga 30 foiz chegirma beriladi

Hukumatning 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qarori bilan pedagoglarning davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan va tahsil olayotgan farzandlariga kontrakt boʻyicha chegirma berish tartibi tasdiqlandi.

Yangi tartib 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab qoʻllaniladi. Unga koʻra, pedagoglarning davlat OTMlari bakalavriat bosqichida kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan farzandlari uchun toʻlov-kontrakt summasi 30 foizga kamaytiriladi.

Chegirma quyidagi talabalarga tatbiq etilmaydi:

  • oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotganlarga;
  • Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlar va ularning filiallari talabalariga;
  • qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotganlarga;
  • xorijiy hamkor OTMlarning qoʻshma taʼlim dasturlari va fakultetlarida oʻqiyotganlarga;
  • nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalariga.

Agar pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida kontrakt asosida oʻqiyotgan boʻlsa, 30 foizlik chegirma har bir farzand uchun alohida hisoblanadi.

Chegirmani olish uchun talaba kontrakt.edu.uz tizimi orqali toʻlov-kontrakt shartnomasini olish boʻyicha ariza yuboradi. Talabaning ota yoki onasi pedagog ekani “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tekshiriladi.

Maʼlumot tasdiqlansa, 30 foizlik chegirma avtomatik ravishda qoʻllaniladi. Ariza masʼul tashkilot tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqilishi kerak.

Chegirma har bir oʻquv yili uchun bir marta beriladi. Agar talabaning ota yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilsa, keyingi oʻquv yilidan boshlab imtiyoz qoʻllanilmaydi.

Mazkur tartibning loyihasi 2026-yil may oyida jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan edi. Loyiha ham davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida tahsil olayotgan pedagoglar farzandlariga 30 foizlik chegirma berishni nazarda tutgan.

Pedagoglar farzandlari uchun bunday imtiyoz joriy etilishi avvalroq Prezident tomonidan ham eʼlon qilingan edi. Rasmiy xabarda kelgusi oʻquv yilidan davlat oliygohlariga kirgan pedagoglar farzandlarining kontraktiga 30 foiz chegirma berilishi koʻzda tutilayotgani aytilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+