12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

14 606.450 so‘m

decrease

-66.360

163.750 so‘m

increase

0.300

12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

09-oktabr, 2024
Texnologiya

Pavel Durov Telegram’da qanday yangi funksiyalar paydo boʻlishini maʼlum qildi

Messenjer foydalanuvchilari xabar yuborilganidan keyin unga media-fayl qoʻshish va xabar qachon tahrirlanganini koʻrish imkoniga ega boʻlishadi.

Pavel Durov Telegram’da qanday yangi funksiyalar paydo boʻlishini maʼlum qildi

Telegram asoschisi Pavel Durov yaqin kelajakda messenjerda qanday yangi funksiyalar paydo boʻlishi haqida xabar berdi.

“Men Telegram jamoasini yaxshi koʻraman. Kechagina ilovalarimizni yaxshilash borasida 10ta yangi taklifni ilgari surdim. Bizda ularning nusxalari tayyor edi, endi esa mazkur funksiyalar amalga oshirilgan toʻliq funsional tuzilmalar mavjud”, — deb yozdi Durov.

Bu yangilanishlar qatorida hadyalar uchun 5 ta, heshteglar uchun esa 3 ta yangilanish bor. Xususan, oʻtgan hafta yangilangan versiyada foydalanuvchilar uchun hadyalar joʻnatish funksiyasi paydo boʻlgandi.

Shuningdek, messenjer foydalanuvchilari xabar yuborilganidan keyin unga media-fayl qoʻshish hamda xabar qachon tahrirlanganini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Durovning qayd etishicha, barcha yangilanishlar bir kunda messenjerga qoʻshiladi. “Telegram jamoasi koʻpchilik xabar almashish ilovalari qanday ishlashini shakllantirgani ajablanarli emas va bu muloqotdagi deyarli barcha yangiliklarga hissa qoʻshadi”, dedi u.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+