12 009.920 so‘m

decrease

-29.690

13 933.910 so‘m

decrease

-58.520

147.800 so‘m

decrease

-1.370

12 009.920 so‘m

decrease

-29.690

3 soat avval
Bank
58

Parijda oʻzbek bankirining oʻgʻirlab ketilgani sahnalashtirilgan boʻlishi mumkin — The Insider

The Insider oʻtkazgan soʻrishtiruvga koʻra, Olimov ayblayotgan shaxslari bilan doʻstona aloqada boʻlgan va “oʻgʻirlangan” kunlari ularga bemalol yozib-qoʻngʻiroq qilgan. Voqea atrofida yirik moliyaviy nizolar va eski hisob-kitoblar borligi ham aniqlangan.

Parijda oʻzbek bankirining oʻgʻirlab ketilgani sahnalashtirilgan boʻlishi mumkin — The Insider
Foto: AI/Pinkod.uz

The Insider nashri Parijda Oʻzbekistonlik bankir Qahramonjon Olimovning oʻgʻirlab ketilishi haqida maqola eʼlon qildi. Nashr ushbu ishda sahnalashtirish elementlari mavjudligini daʼvo qilmoqda.

Shu yil yozida Oʻzbekistonlik bankir, Anorbank asosiy aksiyadori Olimov Fransiyada oʻgʻirlab ketilgani va azoblangani haqida bayonot bergan edi. Uning aytishicha, jinoyatchilarning maqsadi 10 mln dollar miqdorida tovon puli olish edi. Bu voqea bankir va uning vakili soʻzlariga asoslanib, fransuz nashri Le Monde tomonidan yoritilganidan soʻng, butun dunyo OAVida, ayniqsa Oʻzbekiston nashrlarida keng tarqaldi.

Bankirning aytishicha, jinoyatni “B. R. ga yaqin boʻlgan shaxsning ishonchli vakili M.” sodir etgan. Fransuz gazetasi Qahramonjon Olimovdan boshqa hech kimning ismini ochiq keltirmagan. The Insider nashri Olimovni oʻgʻirlash va tovlamachilikda ayblayotgan shaxslarni aniqlagan, shuningdek, voqeadagi sahnalashtirishning belgilarini topgan.

B. R. — Oʻtgan yillarda tanilgan oʻzbek oligarxi Botir Rahimov Olimovning sobiq ish beruvchisi boʻlgan. The Insider yozishicha, fransuz nashri “moliyaviy magnat” deb atagan Olimovning boyligi aslida 2016 yilda Oʻzbekistonni tark etib Turkiyaga koʻchib ketgan Botir Rahimovga tegishli aktivlar hisobiga shakllangan. Bu jarayon sobiq prezident Islom Karimov vafotidan koʻp oʻtmay sodir boʻlgani aytiladi.

M. — Rossiya fuqarosi, Rahimovning Turkiyadagi biznes hamkori. The Insider bu shaxsning ismini oshkor qilmagan, chunki maʼlumotga aynan shu shart bilan kirish imkoniyati berilgan. 

Qahramonjon Olimovning versiyasi

Le Monde'ning yozishicha, Olimov 2025 yil 22 iyunda Parij markazida majburiy ravishda mikroavtobusga oʻtqazilib, nomaʼlum manzilga olib ketilgan. U yerda M. ismli shaxs uni azoblab, $10 million talab qilgan. Keyinchalik Olimov Nitssa yaqinidagi villaga koʻchirilgan va azoblar davom etgan; hatto uni qatl etishga urinish boʻlganday harakatlar ham qayd etilgan. Olimov taʼkidlashicha, u siyosiy mazmundagi videoni zoʻrlik bilan yozishga majbur qilingan, shuningdek, $5 millionlik tilxat yozib bergan. $200 ming toʻlagach, u ozod qilingan va shundan soʻng politsiyaga murojaat qilgan.

Surishtiruvda aniqlangan faktlar

Nashr daʼvo qilishicha, Olimov va M. orasidagi suhbatlar (telefon va yozishmalar) jinoyatchi–jabrlanuvchi munosabatiga umuman oʻxshamaydi. Aksincha, ular doʻstona va hurmat bilan muloqot qilishgan.

Nitssa yaqinidagi villa (Rocquefort-le-Pan) kriptovalyuta orqali, sayyohlik xizmatlari koʻrsatuvchi vositachi yordamida ijaraga olingan. Bunda dastlab ijarachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat sifatida vositachiga Olimovning eng yaqini, oʻzbek millatiga mansub Fransiya fuqarosi Shuhrat Ziyoviddinovning pasporti yuborilgan. Keyinchalik pasport ishlatilmagan, chunki ijarachi "xotini bilmasligi uchun" anonimlikni soʻragan.

Olimovning aytishicha, u 2025 yil 22 iyunda oʻgʻirlab ketilgan va ertasi kuni, yaʼni 23 iyunda ozod qilingan. The Insider tanishib chiqqan hujjatlarga koʻra, Olimovning “ozod etilgandan” soʻng Parijga birinchi klass chiptasi M.ning shaxsiy haydovchisi bank kartasi orqali toʻlangan. Shundan soʻng M.ning oʻzi ushbu chipta nusxasini Telegram orqali oʻzining rasmiy raqamidan Olimovga yuborgan.

Parijga qaytgach, 24 iyun kuni Olimov oʻgʻirlab ketilganligi haqida ariza bilan politsiyaga murojaat qilgan. Tergov bayonotamasida Olimovning politsiyadagi soʻrovi 2025 yil 24 iyun soat 15:00 dan 22:30 gacha davom etgani yozilgan.

Olimovning Telegram ilovasida M. bilan yozishmalariga koʻra, bu ikki shaxs 2025 yil 23 iyundan 26 iyungacha oʻzaro doʻstona muloqotda boʻlgan, ayniqsa 24 iyun kuni faol gaplashgan. Boʻz ustiga, Olimov jinoyat qurboni sifatida koʻrsatma berib turib, bir vaqtning oʻzida Telegram’da M. bilan “qarzning $200 minglik qismini” berishni muhokama qilgan. Pullar soat 19:00 atrofida, yaʼni soʻroqning aynӣ qizgʻin pallasida topshirilgan.

Olimov va M. orasidagi yozishmalar faqat 2025 yil 26 iyunda uzilib qolgan. Olimovning M.ga yoʻllagan soʻnggi xabarida shunday deyiladi:

"Meni zudlik bilan politsiyaga olib ketishyapti. Aloqani oʻchiryapman." M. esa javoban soʻraydi: "Nega seni olib ketishyapti? Ular bu sahnalashtirilgan ish ekanini tushunishdimi?" Savol javobsiz qolgan.

28 iyunda ular yana doʻstona ohangda muloqotni davom ettirishgan.

Yeski kelishuvlar

2016 yilda oʻzbek oligarxi Botir Rahimov Yegey dengizi sohilida mehmonxona sotib olib, Turkiyaga koʻchib oʻtgan. Amalda Rahimovga tegishli boʻlgan Kapitalbank, shuningdek oligarxning oʻnlab boshqa kompaniyalari Qahramonjon Olimov boshqaruvida qolgan.

2017 yilda Olimov Rahimovni aktivlar tortib olinishi mumkinligiga ishontirib, aktivlarni “hech boʻlmasa biror pulga” sotishni taklif qilgan. Oʻzini vositachi sifatida koʻrsatib, $13,5 mln yevaziga oʻnlab kompaniyalarni, jumladan yeng yirik xususiy bankni ham oʻz nomiga oʻtkazishni soʻragan. Juda arzon taklif boʻlgani uchun Rahimov taklifni boshida rad yetgan.

Olimov qoʻshimcha ravishda 1 yil ichida yana $10 mln vaʼdasini ham qoʻshgan. Shundan soʻng Rahimov kelishuvga rozi boʻlgan. Ushbu qoʻshimcha $10 mln M.ga toʻlanishi kerak boʻlgan, negaki Rahimovning u bilan oʻzaro hisob-kitoblari boʻlgan.

Ammo Olimov Rahimovga atigi $13,5 mln toʻlagan (aktivlarning real qiymati 5%i atrofida),

Botir Rahimov Oʻzbekistonga qaytgach, surishtiruv boshlagan va Olimov shunchaki "oʻtkazuvchi boʻgʻin" boʻlmaganini, Rahimov majburan sotgan aktivlarning katta qismi aynan Olimovga nasib yetganini aniqlagan. 

Maʼlum boʻlishicha, Rahimov bilan tuzilgan bitimdan koʻp oʻtmay, Olimov qimmatbaho xaridlarni amalga oshira boshlagan. 

Masalan, Germaniyada mehmonxona sotib olgan, bir yildan soʻng yesa oʻz bankini taʼsis yetgan (hozirda bu bank, Olimovning oʻzi fransuz jurnalistlariga aytishicha, 1 milliard dollardan ortiq mablagʻni boshqaradi). Shuningdek, Olimov Siemens va Fransiyaning EDF kompaniyalari ishtirokidagi, Oʻzbekistonda IES qurish loyihasini amalga oshirayotgan yirik yenergetika konsorsiumining ishtirokchisiga aylangan.

Shu tariqa, Botir Rahimov Oʻzbekistonga quruq qoʻl bilan qaytgan, uning sobiq qoʻl ostidagi xodimi va ishonchli vakili yesa oligarxga aylangan.

Gʻazablangan Rahimov 2018-yilgi bitimni qayta koʻrib chiqishga harakat qila boshlagan, Olimovga 200 million dollardan ortiq miqdorda kompensatsiya toʻlash talabini qoʻygan, shuningdek, boʻlajak sud jarayonlari uchun yuristlarni yollagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+