12 060.150 so‘m

decrease

-48.090

14 064.550 so‘m

decrease

-104.510

148.870 so‘m

decrease

-0.230

12 060.150 so‘m

decrease

-48.090

1 kun avval
Bank

Oʻzmilliybank 2025 yilning 9 oyida eng koʻp foyda koʻrgan tijorat banki boʻldi

NBU 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida 1 trln 450 mlrd soʻmlik sof foyda koʻrdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,9 foizga yuqori boʻlib, bank yetakchilikni saqlab qoldi. Undan keyingi oʻrinlarda SQB 1 trln 386 mlrd soʻm va Hamkorbank 1 trln 268 mlrd soʻmlik foyda bilan joylashdi.

Oʻzmilliybank 2025 yilning 9 oyida eng koʻp foyda koʻrgan tijorat banki boʻldi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston Milliy banki (NBU) 2025 yilning yanvar–sentabr oylarini qamrab olgan moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Hisobot natijalariga koʻra, Milliy bank bu yil ham mamlakatdagi eng koʻp sof foyda koʻrgan tijorat banki boʻlib qoldi.

Mazkur davrda bankning sof foydasi 1 trln 450 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,9 foizga yuqori.

Foyda hajmi boʻyicha Milliy bank mamlakatdagi barcha tijorat banklari orasida yetakchilikni saqlab qoldi. Ikkinchi oʻrinni Sanoatqurilishbank (SQB) 1 trln 386 mlrd soʻmlik foyda bilan egalladi. Hamkorbank esa 1 trln 268 mlrd soʻmlik natija bilan uchinchi oʻrindan joy oldi. 

Hisobot davrida NBU’ning foizli daromadlari 12,9 trillion soʻmni tashkil etib, bu oʻtgan yilga nisbatan 15,2 foiz oʻsishni koʻrsatdi. Shu bilan birga, foizsiz daromadlar hajmi ham 9,3 trillion soʻmga yetgan. 

Bank xodimlar mehnatiga haq toʻlash va boshqa ijtimoiy xarajatlarga 968 milliard soʻm sarflagan. Shuningdek, daromad soligʻi sifatida 278,6 milliard soʻm toʻlagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+