12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

08-yanvar, 15:49
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonning xalqaro oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket ikkinchi oy ham kamaydi

Oltin valyuta zaxiralari dekabr oyida $290 mlnga kamayib, 1 yanvar holati boʻyicha 41,2 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Oʻzbekistonning xalqaro oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket ikkinchi oy ham kamaydi
Foto: AI

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari dekabr oyida $290 mlnga kamayib, 1 yanvar holatiga koʻra 41,2 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqida Markaziy bank 7 yanvar kungi hisobotida maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari tarkibidagi oltin miqdori dekabr oyida $704 mlnga kamayib, $32mlrdni tashkil qildi. Regulyator bu holatni oy davomida oltin narxining 2664,30 dollardan 2610,85 dollargacha kamayganligi bilan izohladi. Oltinning sof hajmi esa avvalgi oydagi miqdorda saqlanib qolib, 12,3 mln troyani tashkil etdi.

Koʻrsatkichlar1 yanvar 202412 dekabr 20241 yanvar 2025
Rasmiy zaxira aktivlari (mlrd $)34,641,541,2
Oltin (mlrd $)24,632,732,0
Sof hajmi (mln, troy, unsiya)11,912,312,3
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari (mlrd $)9,48,28,6

Shunday boʻlsa-da, xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori $414 mlnga koʻpayib, $8,6 mlrdni tashkil qildi. Bunga AQSh dollarining xalqaro miqyosda qadri yuqorilagani sabab boʻlganini taxmin qilish mumkin. Mazkur aktivlar tarkibidagi naqd valyuta va depozitlarning jami miqdori esa $413,5 mlnga koʻpayib, yilni 8,5 mlrd dollar bilan tugatdi.

Eslatib oʻtamiz, mamlakat oltin-valyuta zahiralari ketma-ket oʻsishlardan soʻng noyabr oyida $1,7 mlrdga kamaygan edi. Noyabr  va dekabr oyidagi tushishlarga qaramasdan, oʻtgan yil boshidan beri Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari 34,6 milliard dollardan 6,6 milliard dollarga koʻpayib, yilni $41,2 milliard bilan yakunladi.

Avvalroq oltin narxi 2025 yil oxirida 2 910 dollar atrofida boʻlishi prognoz qilingan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+