12 653.480 so‘m

decrease

-109.050

14 871.640 so‘m

decrease

-106.470

159.750 so‘m

decrease

-2.910

12 653.480 so‘m

decrease

-109.050

9 soat avval
Bank

Oʻzbekistonliklarning 34 foizi hech qanday jamgʻarmaga ega emas — Markaziy bank

Markaziy bank oʻtkazgan soʻrovnomaga koʻra, oʻzbekistonliklarning uchdan bir qismidan koʻprogʻi hech qanday moliyaviy jamgʻarmaga ega emas. Hududlar kesimida jamgʻarmaga ega boʻlmaganlar eng koʻp Toshkent shahri va Fargʻona viloyatida qayd etilgan.

Oʻzbekistonliklarning 34 foizi hech qanday jamgʻarmaga ega emas — Markaziy bank
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonliklarning 34 foizi hech qanday jamgʻarmaga ega emas. Bu haqda Markaziy bank soʻrovnomasida keltirib oʻtilgan.

Soʻrov natijalari shuni koʻrsatadiki, fuqarolarning atigi 20 foizida bankdagi rasmiy omonatlar mavjud. Aholining 23 foizi oʻz mablagʻlarini uyda naqd shaklda saqlashini bildirgan. Shuningdek, yana 23 foiz kishi pullarini bank kartalarida saqlashni maʼqul koʻrgan.

Hududlar kesimida

Hududlar boʻyicha tahlilga koʻra, eng koʻp jamgʻarmaga ega boʻlmaganlar Toshkent shahridan chiqqan boʻlib, u yerda respondentlarning 38 foizi jamgʻarmasi yoʻqligini aytgan. Keyingi oʻrinlarda 37 foizlik koʻrsatkich bilan Fargʻona viloyati va Toshkent viloyati qayd etilgan.

Aksincha, Navoiy shahrida jamgʻarmasi yoʻq aholi ulushi eng past boʻlgan. Jizzax va Andijon viloyatlarida esa jamgʻarmaga ega boʻlganlar koʻpchilikni tashkil qilsa-da, ularning aksariyati mablagʻlarini uyda naqd shaklda saqlashni afzal bilgan.

Bank omonatlaridan eng koʻp foydalanuvchilar esa Qoraqalpogʻiston Respublikasida kuzatilgan — bu hududda bank omonatlaridan foydalanuvchilar ulushi 31 foizni tashkil qilgan.

Bank xizmatlari va omonat shakllanishi

Aholining 62 foizi bankomatlar boʻyicha hech qanday shikoyati yoʻqligini bildirgan. 18 foizi esa ayrim holatlarda uzilishlar boʻlishini, ammo bu norozilikka sabab emasligini aytgan. Qolgan 20 foiz esa bankomatlardagi asosiy muammolar sifatida naqd mablagʻlarning tez tugashi, bankomatlarning tez-tez ishlamay qolishi va kerakli nominaldagi pul birligi mavjud emasligini taʼkidlagan.

Omonat mablagʻlarini shakllantirishda ham turli yondashuvlar mavjud:

  • 36 foiz aholi bankka borib, naqd pul orqali omonat qoʻyadi;
  • 29 foiz bank kartasi orqali;
  • 35 foiz esa mobil ilovalar orqali, bankka bormasdan jamgʻarma shakllantiradi.

Shuningdek, soʻrovda ishtirok etganlarning 49 foizi bank mobil ilovalari orqali omonat shakllantirish imkoniyatlaridan foydalanishini bildirgan. 37 foizi bu imkoniyat mavjudligini bilsa-da, undan foydalanmasligini, 10 foizi esa bu xizmat haqida umuman bexabar ekanini bildirgan. Qolgan 4 foiz esa mobil ilovalar mavjudligini bilsa-da, ular orqali omonat ochish usulini bilmasligini aytgan.


Avvalroq Pinkod banklardagi jismoniy shaxslar uchun milliy valyutadagi omonatlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi ketma-ket uchinchi oy ham kamaygani haqida yozgan edi

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+