12 190.430 so‘m

increase

49.050

14 362.760 so‘m

increase

49.290

162.090 so‘m

increase

1.830

12 190.430 so‘m

increase

49.050

11 soat avval
Iqtisodiyot
65

Oʻzbekistonga smartfon va noutbuklar olib kirishda pasaytirilgan bojxona toʻlovlari joriy etiladi

Prezident qaroriga koʻra, 2026–2028 yillarda huquqiy eksperiment sifatida bond omborlari tashkil etiladi. Ular orqali maxsus elektron savdo platformalarida jismoniy shaxslarga tovarlar sotish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda smartfon va noutbuklarga 5 foiz yagona bojxona toʻlovi, kiyim-kechak va ayrim boshqa tovarlarga esa QQS hamda 3 foiz bojxona boji qoʻllanadi.

Oʻzbekistonga smartfon va noutbuklar olib kirishda pasaytirilgan bojxona toʻlovlari joriy etiladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 aprel kuni elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan qarorni imzoladi.

Hujjatga koʻra, mamlakatda yangi turdagi erkin ombor — “bond omborlari” faoliyati joriy etiladi hamda ayrim bojxona tartib-taomillari soddalashtiriladi.

2026 yil 1 iyuldan 2028 yil iyulga qadar huquqiy eksperiment sifatida rezident va norezidentlarga jismoniy shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun moʻljallangan tovarlarni maxsus elektron savdo platformalari orqali chakana sotish maqsadida ularni vaqtincha saqlashga moʻljallangan bond omborlari tashkil etishga ruxsat beriladi.

Bond omborlari erkin ombor faoliyatini litsenziyalash tartibi asosida tashkil etiladi. Ombordan tovarlarni sotish esa Istiqbolli loyihalar milliy agentligi yuritadigan maxsus elektron savdo platformalari reyestriga kiritilgan platformalar (marketpleys) orqali amalga oshiriladi.

Bond omborlariga tovarlar erkin ombor bojxona rejimi asosida joylashtiriladi. Ushbu tovarlarni jismoniy shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun chakana sotishga ruxsat beriladi.

Bond omboridan sotiladigan tovarlar joʻnatmalar deklaratsiyasi asosida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi.

Bond omborlaridan maxsus elektron savdo platformalari orqali jismoniy shaxslarga sotiladigan ayrim tovarlarga nisbatan alohida bojxona tariflari qoʻllanadi.

Xususan, quyida toifadagi tovarlar joʻnatmalar deklaratsiyasi asosida jismoniy shaxslarga chiqarilganda bojxona imtiyozlari qoʻllanmaydi. Buning oʻrniga amaldagi bojxona toʻlovlari oʻrniga ularning sotish qiymatidan 5 foiz miqdorida yagona bojxona toʻlovi undiriladi: 

Boshqa ayrim toifadagi tovarlar uchun esa ularning sotish qiymatidan QQS va 3 foiz bojxona boji undiriladi:

Mazkur ikki toifadagi tovarlarni respublika hududida jismoniy shaxslarga realizatsiya qilish boʻyicha aylanma QQSdan ozod etiladi.

Agar tovarning sotish qiymati deklaratsiya qilingan bojxona qiymatidan past boʻlsa, bojxona toʻlovlari bojxona qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi.

Yuqoridagi ikki roʻyxatga kiritilmagan boshqa turdagi tovarlar jismoniy shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun sotilganda esa bojxona imtiyozlari qoʻllanmaydi va umumiy belgilangan tartibdagi bojxona toʻlovlari undiriladi.

Bond omboriga olib kirilib, respublika hududida jismoniy shaxslarga chakana sotilgan tovarlar boʻyicha xaridor tomonidan toʻlangan QQS summasi uni byudjetga oʻtkazib beruvchi shaxsda hisobga olinmaydi.

Shu bilan birga, bond omboridan chiqarilayotgan tovarlarga nisbatan muvofiqlikni baholash, sanitariya va veterinariya nazorati choralarini qoʻllash talab etilmaydi. Biroq tovarlarning texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va veterinariya sohasidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha javobgarlik bond omborlari operatorlari zimmasiga yuklanadi.

Qarorga muvofiq, respublika hududidan bond omborlariga maxsus elektron savdo platformalari orqali chakana sotish uchun moʻljallangan tovarlarni joylashtirishga ruxsat berilmaydi. Faqat respublika hududidan tashqariga olib chiqish uchun moʻljallangan tovarlar bundan mustasno hisoblanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+