12 091.220 so‘m

increase

9.590

13 844.450 so‘m

increase

7.360

149.160 so‘m

decrease

-1.280

12 091.220 so‘m

increase

9.590

6 soat avval
Bank
12

Oʻzbekistonga Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan pul oʻtkazmalari hajmi sezilarli darajada oshdi

2025 yilda Oʻzbekistonga xorijdan pul oʻtkazmalari hajmi 18,9 mlrd dollarni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 4,1 mlrd dollar yoki 28 foizga oshdi. 

Xususan, Buyuk Britaniyadan transfertlar 39 foizga, Yevropa Ittifoqi davlatlaridan esa 37 foizga koʻpaygan.

Shu bilan birga, banklar orqali pul joʻnatish hajmi 49 foizga kamaygan boʻlsa, kartadan kartaga (P2P) oʻtkazmalar hajmi 1,4 baravarga oshib, 8,6 mlrd dollarga yetgan.

Oʻzbekistonga Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan pul oʻtkazmalari hajmi sezilarli darajada oshdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank 2025 yil boʻyicha xalqaro migratsiya hamda jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalari boʻyicha sharhini eʼlon qildi.

Hisobotga koʻra, 2025 yilda Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari orqali jami 18,9 mlrd dollar mablagʻ kelib tushgan. Bu 2024 yilga nisbatan 4,1 mlrd dollarga yoki 28 foizga koʻpdir.

Transchegaraviy pul oʻtkazmalarining asosiy qismi Rossiya, Qozogʻiston, Janubiy Koreya va Turkiya kabi davlatlar hissasiga toʻgʻri kelgan. Shu bilan birga, Oʻzbekiston tashqi mehnat migratsiyasida diversifikatsiya jarayoni ham jadallashmoqda. 2025 yilda Yevropa Ittifoqi va AQSh kabi rivojlangan davlatlardan ham pul oʻtkazmalari hajmi sezilarli darajada oshgan.

Xususan, Buyuk Britaniyadan yuborilgan transfertlar hajmi 39 foizga, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan esa 37 foizga koʻpaygan. 

Yevropa Ittifoqi davlatlari kesimida oʻsish quyidagicha boʻlgan: Irlandiya — 2,6 barobar, Xorvatiya — 2,5 barobar, Slovakiya — 67 foiz, Litva — 57 foiz, Niderlandiya — 49 foiz, Polsha — 9 foiz.

Shuningdek, AQShdan pul oʻtkazmalari 15 foizga, Janubiy Koreyadan ham 15 foizga oshgan.

2025 yilda jismoniy shaxslarga kelib tushgan mablagʻlarning 9,9 mlrd dollari yoki 52 foizi anʼanaviy xalqaro pul oʻtkazma tizimlari orqali amalga oshirilgan. Banklar orqali pul joʻnatish hajmi esa bir yil ichida 49 foizga kamayib, 397 mln dollarni tashkil etgan.

Shu bilan birga, oʻzbekistonliklar orasida P2P — yaʼni kartadan kartaga pul oʻtkazish usuli tobora ommalashmoqda. Bunday oʻtkazmalar hajmi bir yil ichida 1,4 baravarga oshib, 8,6 mlrd dollarga yetgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+