11 970.680 so‘m

increase

36.040

13 902.750 so‘m

increase

6.060

163.180 so‘m

decrease

-0.960

11 970.680 so‘m

increase

36.040

Yaqin 1 soat ichida
Iqtisodiyot
19

Oʻzbekistonda yillik inflyatsiya rekord darajadagi 5,5 foizgacha pasaydi

Oʻzbekistonda yillik inflyatsiya 2026 yil may oyida 5,5 foizgacha pasayib, statistika hisobotlari yuritila boshlanganidan buyon yeng past koʻrsatkichni qayd yetdi.

2025 yil may oyida bu koʻrsatkich 8,7 foiz, 2026 yil aprelida yesa 7,0 foiz boʻlgan.

Pasayishga asosan oʻtgan yilgi kommunal xizmatlar va metan narxlari oshishi ortidan shakllangan yuqori baza, xizmatlar inflyatsiyasining sekinlashishi hamda ayrim meva-sabzavot mahsulotlarining mavsumiy arzonlashuvi taʼsir qildi.

Oʻzbekistonda yillik inflyatsiya rekord darajadagi 5,5 foizgacha pasaydi
Foto: AI/Pinkod.uz

2026-yil may oyida Oʻzbekistonda yillik inflyatsiya 5,5 foizni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi. 

Mazkur koʻrsatkich inflyatsiya koʻrsatkichlari eʼlon qilina boshlaganidan beri eng past koʻrsatkich boʻldi. Taqqoslash uchun, 2025-yil may oyida yillik inflyatsiya 8,7 foiz, 2026-yil aprelida esa 7,0 foiz boʻlgan. Yaʼni bir oy ichida yillik narx oʻsishi 1,5 foiz bandga, bir yil ichida esa 3,2 foiz bandga sekinlashgan. 

Meva-sabzavot narxlari hisobga olinmaganda esa yillik inflyatsiya 5,8 foizni tashkil qilgan.

May oyida isteʼmol narxlari oylik hisobda 0,2 foizga oshdi. Yil boshidan, yaʼni 2025-yil dekabriga nisbatan narxlar 2,7 foizga koʻtarilgan. 2025-yilning mos davrida bu koʻrsatkich yuqoriroq — 4,4 foiz yedi. Demak, inflatsiyaning pasayishi faqat yillik taqqoslashdagi texnik omil yemas, yil boshidan beri narxlar oʻsish surʼati ham ancha pastroq shakllanmoqda.

Pasayishning asosiy sababi baza yeffektidir. 2025-yil may oyida yelektr yenergiyasi, tarmoq va suyultirilgan gaz, shuningdek, avtomobillar uchun metan narxlarining oshishi umumiy narxlar bazasini keskin yuqorilatgan yedi. 2026-yil mayida yesa narxlar aynan oʻsha yuqori baza bilan solishtirilgani uchun yillik inflatsiya statistik jihatdan pastroq koʻrindi. Boshqacha aytganda, bu aholiga narxlar keng koʻlamda arzonlashdi degani yemas, balki narxlarning oʻsish surʼati ancha sekinlashganini bildiradi.

Inflatsiya tuzilmasida yeng katta oʻzgarish xizmatlar segmentida koʻrindi. 2025-yil mayida xizmatlar boʻyicha yillik narx oʻsishi 15,9 foiz boʻlgan boʻlsa, 2026-yil mayida bu koʻrsatkich 6,1 foizgacha tushdi. Nooziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha ham yillik inflatsiya 8,2 foizdan 3,7 foizgacha pasaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarida yesa aksincha, yillik narx oʻsishi 5,3 foizdan 6,7 foizgacha tezlashgan. Shu sababli umumiy inflatsiyadagi pasayish koʻproq xizmatlar va nooziq-ovqat tovarlari hisobiga yuz berdi.

Oziq-ovqat bozorida may oyida qarama-qarshi dinamika kuzatildi. Bir tomondan, goʻsht mahsulotlari sezilarli qimmatlashdi: suyak­siz mol goʻshti oy davomida 3,6 foiz, suyakli mol goʻshti va qoʻy goʻshti 2,9 foizdan, goʻsht qiymasi yesa 2,0 foiz oshdi. Yillik hisobda qoʻy goʻshti 22,8 foiz, suyak­siz mol goʻshti 20,5 foiz, suyakli mol goʻshti 19,0 foiz qimmatlashgan. Boshqa tomondan, mavsumiy omillar hisobiga bodring, pomidor, baqlajon, bulgʻor qalampiri, sarimsoq, karam, piyoz va kartoshka narxlari pasaygan. Shu mavsumiy arzonlashuv oylik inflatsiyani past ushlab turishga yordam bergan.

Boʻlimlar kesimida yeng yuqori yillik oʻsish sugʻurtalash va moliyaviy xizmatlarda qayd yetildi — 41,8 foiz. Restoranlar va mehmonxonalar xizmatlari 8,1 foiz, maishiy tovarlar va turli xizmatlar 7,4 foiz, oziq-ovqat va spirsiz ichimliklar 6,6 foiz, turar joy, suv, yelektr, gaz va boshqa yoqilgʻi turlari 6,3 foiz qimmatlashgan. Yeng past yillik oʻsish yesa taʼlim xizmatlarida — 1,7 foiz, uy-roʻzgʻor asboblari va maishiy texnika segmentida — 2,5 foiz, kiyim-kechak va poyabzalda — 2,9 foiz boʻlgan.

Hududlar kesimida katta tafovut kuzatilmagan. Yeng past yillik inflatsiya Fargʻona viloyatida — 5,0 foiz, Jizzaxda 5,2 foiz, Xorazmda 5,4 foiz boʻlgan. Yeng yuqori koʻrsatkich yesa Qashqadaryoda 5,8 foizni tashkil qilgan. Qoraqalpogʻiston, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent shahrida yillik inflatsiya 5,7 foiz atrofida shakllangan.

May oyidagi 5,5 foizlik yillik inflatsiya Markaziy bankning oʻrta muddatli 5 foizlik inflatsion targetiga juda yaqinlashdi. Hozirgi koʻrsatkich targetdan atigi 0,5 foiz band yuqori. Markaziy bank oʻzining 2026–2028-yillarga moʻljallangan pul-kredit siyosati asosiy yoʻnalishlarida inflatsiyani oʻrta muddatda 5 foizlik target darajasiga yetkazish maqsadida yetarli darajada qatʼiy pul-kredit sharoitlarini saqlab borishini bildirgan.

Shu bilan birga, Markaziy bank 2026-yil yakunida inflatsiya 6,5 foiz atrofida shakllanishini prognoz qilmoqda. Regulyator buni yuqori investitsion faollik, fiskal xarajatlar va pul oʻtkazmalari oʻsishi orqali ichki talabning qoʻllab-quvvatlanishi bilan izohlaydi. Yaʼni may oyidagi 5,5 foizlik koʻrsatkich targetga yaqinlashgan boʻlsa-da, yil davomida talab omillari va ayrim tartibga solinadigan narxlar inflatsion bosimni saqlab qolishi mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+