Oʻzbekistonda yil boshidan avia va temiryoʻl chiptalari qimmatlamoqda
1 fevraldan boshlab Oʻzbekistonda ichki aviareyslar hamda Afrosiyob elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshiriladi. Silk Avia yoʻnalishlarida oʻrtacha oʻsish 7,37 foizni, temiryoʻl qatnovlarida esa 15 foizni tashkil etadi.

Yil boshidan Oʻzbekistonda ham avia, ham temiryoʻl chiptalari narxlarining oshishi kuzatilmoqda. Xususan, 2026 yil 1 fevraldan boshlab mahalliy aviaqatnovlar va tezyurar poyezdlar uchun yangi tariflar kuchga kiradi.
Aviachipta narxlari
Silk Avia aviakompaniyasi matbuot xizmati 15 yanvar kuni respublika ichki yoʻnalishlari boʻyicha yangilangan tariflar joriy etilishini maʼlum qildi. Oʻzgarishlar jami 14 ta yoʻnalishni qamrab oladi.
Asosiy yoʻnalishlar boʻyicha aviachipta narxlari oʻrtacha 7,37 foizga oshdi. Eng sezilarli qimmatlashuv Toshkent — Buxoro yoʻnalishida qayd etilgan boʻlsa (+7,62%), eng kam oʻsish Toshkent — Zomin hamda Nukus — Moʻynoq yoʻnalishlarida kuzatildi (+6,99%).
2026 yil 1 fevraldan kuchga kiradigan yangi tariflar (bir tomonga):
- Toshkent — Samarqand: 291 000 → 313 089 soʻm (+7,59%)
- Toshkent — Buxoro: 320 000 → 344 399 soʻm (+7,62%)
- Toshkent — Navoiy: 277 000 → 297 435 soʻm (+7,37%)
- Toshkent — Qarshi: 277 000 → 297 435 soʻm (+7,37%)
- Toshkent — Termiz: 335 000 → 360 053 soʻm (+7,47%)
- Toshkent — Namangan: 277 000 → 297 435 soʻm (+7,37%)
- Toshkent — Fargʻona: 277 000 → 297 435 soʻm (+7,37%)
- Toshkent — Urganch: 437 000 → 469 635 soʻm (+7,46%)
- Toshkent — Qoʻqon: 277 000 → 297 435 soʻm (+7,37%)
- Toshkent — Andijon: 306 000 → 328 745 soʻm (+7,43%)
- Toshkent — Sariosiyo: 393 000 → 422 671 soʻm (+7,54%)
- Toshkent — Zomin: 117 043 → 125 236 soʻm (+6,99%)
- Toshkent — Shahrisabz: 277 000 → 297 435 soʻm (+7,37%)
- Nukus — Moʻynoq: 117 043 → 125 236 soʻm (+6,99%)
Aviakompaniya yoʻlovchilarga safarlarni rejalashtirishda ushbu oʻzgarishlarni inobatga olishni tavsiya etdi. Chiptalarni silk-avia.com sayti, mamlakatdagi barcha aeroportlar hamda Uzbekistan Airways Sales filiallari orqali xarid qilish mumkin.
Temiryoʻl chiptalari
Shuningdek, 2026 yil 1 fevraldan boshlab Afrosiyob elektropoyezdlari uchun chipta narxlari 15 foizga oshiriladi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati xabar berdi.
Yangilangan tariflar quyidagicha:
Toshkent — Buxoro
- VIP: 1 138 000 soʻm (avval 875 000)
- Biznes: 760 000 soʻm (661 000)
- Ekonom: 509 000 soʻm (443 000)
Toshkent — Qarshi
- VIP: 976 000 soʻm (751 000)
- Biznes: 642 000 soʻm (558 000)
- Ekonom: 429 000 soʻm (372 000)
Toshkent — Samarqand
- VIP: 709 000 soʻm (545 000)
- Biznes: 455 000 soʻm (396 000)
- Ekonom: 311 000 soʻm (270 000)
Bundan tashqari, Sharq, Nasaf va Oʻzbekiston yoʻlovchi poyezdlari uchun ham chipta narxlari 15 foizga oshiriladi.









