12 003.180 so‘m

increase

13.090

13 987.310 so‘m

increase

12.860

156.680 so‘m

decrease

-1.270

12 003.180 so‘m

increase

13.090

15 soat avval
Bozor
129

Oʻzbekistonda Telegram Wallet rasman ishga tushdi

Telegram’ga integratsiya qilingan Wallet kriptohamyoni Oʻzbekistonda rasmiy ish boshladi. Endi foydalanuvchilar Uzcard va Humo toʻlov tizimlaridan foydalangan holda kriptovalyutalarni sotib olishi mumkin boʻladi

Oʻzbekistonda Telegram Wallet rasman ishga tushdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Telegram messenjeriga integratsiya qilingan Wallet kriptohamyoni Oʻzbekistonda rasmiy ravishda ish boshladi. Bu haqda Kompaniya matbuot xizmati xabar berdi

Endilikda foydalanuvchilar ilova ichida toʻgʻridan-toʻgʻri kriptooperatsiyalarni amalga oshirib, Wallet’ning barcha funksiyalaridan foydalanishi mumkin boʻladi. Servis orqali Bitcoin, Toncoin, USDT va yana 200 dan ortiq mashhur kriptovalyutalarni mahalliy toʻlov tizimlari yordamida sotib olish va sotish imkoniyati mavjud.

Loyihaning texnologik infratuzilmasi Asterium kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi. Platforma HUMO, Visa va Mastercard kartalaridan vositachilarsiz foydalanib, kriptoaktivlarni xarid qilish, sotish va saqlashga yordam beradi.

Wallet’ning Oʻzbekistonda ishga tushirilishi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan berilgan rasmiy litsenziya asosida amalga oshirilgan

Kompaniya vakillarining aytishicha, Oʻzbekiston bozoriga kirishda ikki omil hal qiluvchi boʻlgan: Telegramʼning juda ommalashgani va fintex yoʻnalishining tez surʼatlarda rivojlanayotgani.

Mamlakatda messenjerdan oʻnlab million foydalanuvchi foydalanadi. Kompaniyaga koʻra, Telegram deyarli asosiy raqamli muloqot vositasi, reklama maydoni va biznes operatsiyalari uchun muhim platformaga aylangan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+