12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

17-yanvar, 14:10
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda taksi bozori: 2024 yilda qonuniy aylanma miqdori qariyb 6 trln soʻmga yetdi

Yil davomida 155 ta taksi agregatori soliq organlari tizimiga integratsiya qilindi.

 

Taksi toʻlovlarining asosiy qismi (76,3%) hali ham naqd pulda amalga oshirilmoqda.

 

Faoliyat koʻrsatayotgan avtomobillarning 56,9 foizining yoshi 10 yildan oshgan.

Oʻzbekistonda taksi bozori: 2024 yilda qonuniy aylanma miqdori qariyb 6 trln soʻmga yetdi
Foto: AI

Raqamlardagi koʻrsatkichlar

2024 yil yakuniga qadar 155 ta taksi agregatori soliq organlari tizimlariga integratsiya qilindi (2023 yilning aprelida bu koʻrsatkich atigi 6 ta edi).

Integratsiya faqatgina 2024 yilning ikkinchi yarmida jadal kechgan (avgustda 142 ta). Bu esa dastlabki yarim yillikda jarayonning sust borganidan darak beradi.

2024 yil davomida 320 million marta yoʻlovchi tashish amalga oshirilgan.

Umumiy aylanma 5,9 trillion soʻmni tashkil etdi, shundan:

  • 76,3% (4,5 trillion soʻm) – naqd toʻlovlar;
  • 23,7% (1,4 trillion soʻm) – naqdsiz toʻlovlar.
  • Oʻrtacha bitta chek 18 456 soʻmni tashkil etdi.

Haydovchilar faoliyati

Agregatorlar orqali 498 mingga yaqin haydovchi rasmiy roʻyxatdan oʻtib, faoliyat yuritmoqda. Ularning yosh tarkibi quyidagicha:

  • 30-50 yoshdagilar: 57% (283 680 kishi).
  • 30 yoshgacha boʻlganlar: 36% (179 245 kishi).
  • 50 yoshdan kattalar: 7% (35 004 kishi).

Ayol haydovchilar soni 2023 yilda 1 053 nafar tashkil qilgan boʻlsa, yil davomida bu miqdor 4 barobarga oshib, 2024 yil oxirida 4 124 nafarni tashkil qildi.

Daromad va moliyaviy holat

Haydovchilarning daromadlari orasida katta tafovutlar mavjud:

  • 100 million soʻmdan ortiq daromad – 4,7 ming haydovchi.
  • 50-100 million soʻm – 23,1 ming haydovchi.
  • 10-50 million soʻm – 114,6 ming haydovchi.
  • 1-5 million soʻm va undan past – 291,9 ming haydovchi.

Transport vositalari va texnologiyalar

Bozorda eng koʻp foydalanilayotgan avtomobillar:

  • Nexia – 17,8%.
  • Cobalt – 16,9%.
  • Lacetti – 13,9%.

Elektromobillar ulushi hali ham past boʻlib, atigi 1,2% ni tashkil etdi.

Avtomobillarning ishlab chiqarilgan yillari:

  • 1-3 yil – 10,4%
  • 3-5 yil – 9%
  • 5-10 yil – 23,6%
  • 10 yildan ortiq – 56,9%

2024 yilda taksi agregatorlari tomonidan 156,8 milliard soʻm soliq toʻlandi, shundan QQS – 66,2 milliard soʻmni tashkil etdi.

Avvalroq Yandex Go xizmat koʻrsatish sohasidagi soliq toʻlovchilar ichida top-20 ga kirgani xabar qilingan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+