11 801.230 so‘m

decrease

-22.460

13 737.810 so‘m

decrease

-59.250

136.730 so‘m

decrease

-3.010

11 801.230 so‘m

decrease

-22.460

1 kun avval
Iqtisodiyot
33

Oʻzbekistonda tabiiy gaz qazib olish bir yilda 15 foiz kamaydi

2026 yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonda 21,6 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olindi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 mlrd kub metrga kam. Ichki ishlab chiqarish qisqarishi fonida gaz importi esa 1,1 mlrd dollarga yetdi.

Oʻzbekistonda tabiiy gaz qazib olish bir yilda 15 foiz kamaydi

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2026 yilning yanvar–iyul oylarida 21,6 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olindi. 

2025 yilning shu davrida ishlab chiqarish 25,4 mlrd kub metrni tashkil etgan. Bir yil ichida gaz qazib olish 3,8 mlrd kub metrga yoki 15 foizga kamaygan.

Taqqoslash uchun, 2024 yilning dastlabki yetti oyida Oʻzbekistonda 26,3 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olingan. Shu tariqa, ikki yil ichida ishlab chiqarish 4,7 mlrd kub metrga yoki qariyb 18 foizga qisqargan.

Gaz qazib olishdagi pasayish umumiy sanoat ishlab chiqarishi oʻsayotgan bir paytda kuzatilmoqda. Yanvar–iyul oylarida mamlakatda 795,4 trln soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, real oʻsish 7,9 foizni tashkil etdi.

Boshqa ayrim yoqilgʻi xomashyolarida ham pasayish qayd etilgan. Gaz kondensati ishlab chiqarish bir yilda 15,1% ga kamayib, 567,5 ming tonnaga, koʻmir qazib olish 12,5% ga qisqarib, 3,5 mln tonnaga tushgan. Neft qazib olish esa 2,7% ga kamayib, 368,7 ming tonnani tashkil qilgan.

Ayni paytda qayta ishlangan ayrim neft mahsulotlarida oʻsish kuzatilgan. Avtomobil benzini ishlab chiqarish 8,9% ga oshib, 731,9 ming tonnaga, dizel yoqilgʻisi esa 1,4% ga koʻpayib, 683,4 ming tonnaga yetgan.

Gaz importi 1,1 mlrd dollarga yetdi

Ichki qazib olishning kamayishi fonida Oʻzbekistonning tabiiy gaz importi oshgan. 2026 yil yanvar–iyul oylarida mamlakat 1,1 mlrd dollarlik gaz import qilgan, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8,2% koʻp.

Shu davrda gaz eksporti aksincha 36,2% ga kamayib, 279,7 mln dollarni tashkil etgan. Natijada yetti oyda gaz importining qiymati eksportdan qariyb toʻrt baravar yuqori boʻlgan.

Faqat iyul oyining oʻzida Oʻzbekiston 38,3 mln dollarlik gaz import qilgan va 46,8 mln dollarlik gaz eksport qilgan. Import boʻyicha yilning eng yuqori oylik koʻrsatkichi iyunda qayd etilib, 247 mln dollarni tashkil etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+