11 857.350 so‘m

decrease

-33.830

13 746.230 so‘m

decrease

-7.110

139.320 so‘m

decrease

-2.510

11 857.350 so‘m

decrease

-33.830

4 soat avval
Iqtisodiyot
63

Oʻzbekistonda qaysi kompaniyalar yaqin yillarda IPO’ga chiqishni rejalashtirmoqda?

Oʻzbekistonda bir qator yirik davlat va xususiy kompaniyalar mahalliy hamda xalqaro fond birjalarida IPO oʻtkazishga tayyorlanmoqda. 

Ular orasida Centrum Holding, “Uzbekistan Airways” va Uzum bor, Korzinka esa ommaviy bozorga chiqish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. 

Endi har yili daromadi 1 trln soʻmdan oshadigan yana 50 ta mahalliy korxona maxsus akseleratsiya dasturi orqali IPOga tayyorlanadi.

Oʻzbekistonda qaysi kompaniyalar yaqin yillarda IPO’ga chiqishni rejalashtirmoqda?

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda mahalliy kompaniyalarni kapital bozoriga olib chiqish boʻyicha yangi tashabbuslarni eʼlon qildi.

Akseleratsiya dasturi nufuzli xalqaro investitsiya banklari bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyiladi. Unda tanlangan korxonalarning korporativ boshqaruv tizimi, moliyaviy hisoboti va biznes jarayonlari fond bozori talablariga moslashtiriladi.

Bunda kompaniyalarni IPO’ga tayyorlash hamda hisobotlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi qoplab beriladi.

Prezident bu yoʻnalishda Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasining IPO’sini misol qilib keltirdi. Joriy yilda 13 ta strategik davlat kompaniyasidagi ulushlarga egalik qiluvchi jamgʻarma aksiyalari Toshkent va London fond birjalarida joylashtirildi.

IPO yakunida UzNIF’ning 31 foiz ulushi 603,6 mln dollarga sotildi. Qoʻshimcha joylashtirish hisobiga jalb qilingan mablagʻ 690 mln dollardan oshdi, investorlarning buyurtmalari esa 2,8 mlrd dollarga yetdi.

Jamgʻarma 1,95 mlrd dollarga baholandi. London fond birjasi ushbu joylashtiruvni Oʻzbekiston tarixidagi birinchi xalqaro aksiyalar taklifi sifatida qayd etgan.

IPO’ga chiqishni rejalashtirayotgan kompaniyalar

Yangi dastur Oʻzbekistondagi ayrim yirik kompaniyalar IPO’ga tayyorgarlik koʻra boshlagan bir paytda eʼlon qilindi.

$1 mlrdlik daromadga ega Centrum Holding 2027 yilda Londonda IPO oʻtkazishga tayyorlanmoqda

Xususan, yillik daromadi 1 mlrd dollarga yetgan Centrum Holding 2027 yilda London fond birjasida IPO oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Kompaniya asoschisi Abdulaziz Abdurahmonovning aytishicha, xolding yaqin bir-ikki yil ichida ommaviy bozorga chiqishga tayyor boʻlishni maqsad qilgan.

Centrum Holding tarkibiga yuk va yoʻlovchi aviakompaniyalari, sayyohlik biznesi, logistika markazlari, temiryoʻl vagonlari, port va terminallar kiradi. Kompaniya 2026–2027 yillarda 100 mln dollardan ortiq investitsiya kiritishni rejalashtirgan.

Davlat kompaniyalaridan “Uzbekistan Airways”ning 15–20 foiz aksiyasini 2026 yil yakunigacha xalqaro fond bozorida sotish maqsad qilingan. Transformatsiya dasturi aviakompaniya qiymatini 1,6 mlrd dollardan 2,3 mlrd dollargacha, yaʼni qariyb 44 foizga oshirishni nazarda tutadi.

UzNIF muvaffaqiyati ortidan “Uzbekistan Airways” xalqaro IPOga tayyorlanmoqda

IPO oldidan “Uzbekistan Airways”da xalqaro hisobot standartlarini joriy etish, moliyaviy intizomni mustahkamlash, kredit reytingini yaxshilash va ayrim aktivlarni kompaniya balansidan chiqarish belgilangan.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati ham London va Toshkent fond birjalarida ikki tomonlama listing oʻtkazish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Kompaniya ehtimoliy IPO uchun Citigroup, Morgan Stanley va JPMorgan bilan ishlamoqda, maslahatchi sifatida esa Rothschild & Co. jalb qilingan.

NKMK 2025 yilda $11,3 mlrdlik mahsulot ishlab chiqarib, 98,18 tonna oltin qazib oldi

NKMK qarzdorlikni ham hisobga olganda qariyb 20 mlrd dollarlik bahoga erishishni maqsad qilgan. Biroq bu loyiha boʻyicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan va joylashtirish parametrlari oʻzgarishi mumkin.

2,3 mlrd dollarga baholangan Uzum ham yaqin uch yil ichida ommaviy kompaniyaga aylanishni koʻzlamoqda. Kompaniya AQSh, Yevropa, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyodagi birjalarni ehtimoliy listing maydonlari sifatida oʻrganmoqda. Aniq muddat va fond birjasi hozircha tanlanmagan.

Kakoy potensial u Uzum dlya IPO na zarubejnыx birjax - Kursiv Media  Uzbekistan

Uzum 2026 yilning ikkinchi yarmi yoki 2027 yil boshida IPO oldidan 250–300 mln dollar miqdorida investitsiya jalb qilishni ham rejalashtirgan. Kompaniyaning 2025 yildagi daromadi 691 mln dollar, sof foydasi esa 176 mln dollarni tashkil etgan.

Korzinka» obʼyavlyayet o privlechenii $110 mln v aksionernыy kapital dlya  uskoreniya rosta seti i dalneyshey transformatsii rыnka sovremennogo  produktovogo riteyla v Uzbekistane - Korzinka

Korzinka asoschisi Zafar Hoshimov ham supermarketlar tarmogʻini IPO orqali ommaviy bozorga olib chiqish imkoniyati koʻrib chiqilayotganini aytgan. Biroq kompaniya hozircha joylashtirish muddati, birja yoki sotiladigan ulush boʻyicha aniq qaror qabul qilmagan.

SQBni xususiylashtirish yana bir necha yil davom etishi mumkin — S&P

Bundan tashqari, UzNIF portfelidagi “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzbekgidroenergo”, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Oʻzbektelekom”ni transformatsiya qilish hamda IPO’ga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Biroq ushbu kompaniyalarning alohida IPO sanalari va joylashtirish hajmi hozircha eʼlon qilinmagan.

Shu tariqa, yangi akseleratsiya dasturi alohida kompaniyalarning tarqoq IPO rejalarini muntazam tizimga aylantirishi mumkin. Biroq yiliga 1 mlrd dollar jalb qilish koʻrsatkichi hozircha dastur oldiga qoʻyilgan maqsad boʻlib, amaldagi natija hisoblanmaydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+