12 344.610 so‘m

decrease

-82.220

14 501.210 so‘m

decrease

-65.520

149.700 so‘m

increase

2.740

12 344.610 so‘m

decrease

-82.220

7 kun avval
Bozor

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi tarixiy rekordni yangiladi

9 sentabr kuni 5 grammlik oltin quymasi ilk bor 7,5 million soʻmdan oshdi. Bir gramm oltin narxi esa 1,5 million soʻmdan yuqoriladi.

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi tarixiy rekordni yangiladi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda oltin narxi rekord darajaga chiqdi.

Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 9 sentabr kuni 5 grammlik oltin quymasi ilk bor 7,5 million soʻmdan oshib, 7 million 531 ming soʻmni tashkil qildi.

Ayni paytda bir gramm quyma 1,5 million soʻmdan sal koʻproqqa sotilmoqda. Quymalar narxi quyidagicha belgilangan:

  • 5 gramm — 7 mln 531 ming soʻm
  • 10 gramm — 15 mln 62 ming soʻm
  • 25 gramm — 30 mln 124 ming soʻm
  • 50 gramm — 75 mln 310 ming soʻm
  • 100 gramm — 150 mln 620 ming soʻm

Jahon bozorida oltin narxi

9 sentabr kuni ertalabki savdolarda oltin bir troya unsiyasi uchun 3 650 dollardan oshdi va bu ham rekord koʻrsatkich boʻldi. Xabar tayyorlanayotgan paytda qimmatbaho metall 3 654 dollardan savdo qilinmoqda.


Avvalroq Pinkod Goldman Sachs oltin narxi boʻyicha prognozini yangilagani haqida yozgan edi

Bankning asosiy ssenariysiga koʻra, 2026 yilning oʻrtalarigacha bir unsiya oltin 4 ming dollargacha chiqishi mumkin. Agar esa Federal zaxira tizimi mustaqilligiga putur yetsa, narx yanada keskin oshib, 5 ming dollargacha yetishi ehtimol sifatida aytilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+