11 915.640 so‘m

increase

28.920

13 749.460 so‘m

increase

32.190

146.190 so‘m

decrease

-0.180

11 915.640 so‘m

increase

28.920

Hozirgina
Iqtisodiyot
41

Oʻzbekistonda iyul oyida soʻm dollarga nisbatan mustahkamlandi

Dollarning rasmiy kursi bir oyda 54,45 soʻmga pasayib, 12 006,39 soʻmni tashkil etdi. 

Iyul davomida kurs 11 910 soʻmdan pastga tushib, keyinchalik 12 100 soʻmdan ham oshdi. 

Yil boshidan buyon esa milliy valyutaning dollarga nisbatan kursi stabil saqlanmoqda.

Oʻzbekistonda iyul oyida soʻm dollarga nisbatan mustahkamlandi

Iyulda soʻm dollarga nisbatan 0,45 foizga mustahkamlandi. 

30 iyun kuni bir dollar 12 060,84 soʻmga teng edi. 31 iyulga kelib rasmiy kurs 12 006,39 soʻmgacha pasaydi. Shu tariqa, milliy valyuta bir oyda dollarga nisbatan 54,45 soʻm yoki 0,45 foizga mustahkamlandi.

Biroq iyul davomida kurs bir yoʻnalishda harakatlanmadi. Oy boshida dollar 11 910 soʻmdan pastga tushgan boʻlsa, keyinchalik yana qimmatlasha boshladi. 24 iyul kuni rasmiy kurs 12 101,84 soʻmga yetib, oyning eng yuqori koʻrsatkichini qayd etdi.

Shundan keyin yoʻnalish yana oʻzgardi. Bir hafta ichida dollar qariyb 95,5 soʻmga arzonlab, oy yakunida 12 ming soʻmdan biroz yuqorida shakllandi. Tijorat banklarida esa eng arzon sotuv kursi 12 ming soʻmgacha tushdi.

Respublika valyuta birjasida dollar boʻyicha eng katta savdo hajmi 22 iyul kuni kuzatilib, 314,9 mln dollarni tashkil etdi. 31 iyulda bu koʻrsatkich 93 mln dollargacha kamaydi.

Yil boshidan buyon soʻm kursi keskin oʻzgarmadi. Yetti oy davomida milliy valyuta dollarga nisbatan 14 soʻmdan ortiq yoki 0,11 foizga mustahkamlandi. Taqqoslash uchun, 2025 yilning yanvar–iyul oylarida soʻm 328 soʻm yoki 2,55 foizga qimmatlashgan edi.

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, birinchi yarim yillikda ichki bozorda xorijiy valyutaga talab 20 foizga oshib, qariyb 32 mlrd dollarni tashkil etdi. Valyuta taklifi esa tezroq — 31 foizga oʻsib, 27,8 mlrd dollarga yetdi. Natijada talab va taklif oʻrtasidagi farq 5,5 mlrd dollardan 4,2 mlrd dollargacha qisqardi.

Valyuta taklifining oshishiga eksport tushumlari va xalqaro pul oʻtkazmalari yordam berdi. Korxonalarning eksport tushumi 30 foizga koʻpayib, 10,1 mlrd dollarga yetgan, shundan 5,6 mlrd dollari ichki bozorda sotilgan. Aholi esa banklarga xarid qilganidan 5,5 mlrd dollar koʻproq valyuta sotgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+