12 191.250 so‘m

increase

15.720

14 111.370 so‘m

decrease

-40.250

154.200 so‘m

decrease

-0.880

12 191.250 so‘m

increase

15.720

6 soat avval
Bank
60

Oʻzbekistonda ipoteka kreditlari: qaysi banklarda foizlar eng past?

Oʻzbekiston tijorat banklarida ipoteka kreditlari boʻyicha foiz stavkalari 2026 yil 10 mart holatiga koʻra 0% dan 32% gachani tashkil etmoqda. Ayrim banklarda ipoteka kreditining maksimal miqdori esa 3 mlrd 420 mln soʻmgacha yetishi mumkin.

Oʻzbekistonda ipoteka kreditlari: qaysi banklarda foizlar eng past?
Foto: AI/Pinkod.uz

2026 yil 10 mart holatiga koʻra, tijorat banklarida birlamchi va ikkilamchi uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari boʻyicha foizlar 0 foizdan 32 foizgacha boʻlgan oraliqda shakllangan. Bu haqda Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi maʼlumotlarida keltirilgan.

Eng past foiz taklif qilayotgan banklar

Birlamchi va ikkilamchi uy-joy ipotekasi boʻyicha eng past foiz stavkalari quyidagi banklarda kuzatilgan:

  • Apexbank — 0%
  • Asakabank — 0%dan 24,5%gacha
  • OFB — 0%dan 26%gacha
  • Ipoteka bank — 0%dan 26,9%gacha

Eng yuqori foiz stavkalari

Ayrim banklarda ipoteka kreditlari boʻyicha foiz stavkalari nisbatan yuqori:

  • Poytaxt bank — 28–32%
  • Saderatbank — 28%
  • Garant bank — 26–28%
  • Davr bank — 25,9–28,9%

Eng katta ipoteka miqdorini taklif qilgan banklar

Tahlilga koʻra, ipoteka kreditining maksimal miqdori ham banklar kesimida sezilarli farq qiladi. Quyidagi banklar eng yirik miqdorda taklif qilmoqda:

  • Ipak Yuli Banki — 3 mlrd 420 mln soʻmgacha
  • Universal bank — 3 mlrd soʻmgacha
  • BRB — 2 mlrd 60 mln soʻmgacha
  • Asakabank va Ziraat Bank — 2 mlrd soʻmgacha

Yashil taʼmir va uy-joyni taʼmirlash kreditlari

Bunday kreditlar boʻyicha eng past foiz stavkalari quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • Agrobank — 18–20%
  • Mikrokreditbank — 18%
  • OFB — 19%

Aniq shartlar va qoʻshimcha talablar boʻyicha tijorat banklariga murojaat qilish tavsiya etiladi. Banklar veb-saytlari manzillari bilan bu yerda tanishish mumkin

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+