11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

13 927.900 so‘m

decrease

-56.490

152.560 so‘m

decrease

-0.310

11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

02-dekabr, 2025
Iqtisodiyot
252

Oʻzbekistonda inflyatsiya 2016 yildan beri kuzatilayotgan eng past darajaga tushdi

2025 yil noyabrida yillik inflyatsiya 7,5 foizni tashkil etdi. Bu rasmiy statistikalar eʼlon qilina boshlaganidan beri eng past koʻrsatkichdir. 

Oʻzbekistonda inflyatsiya 2016 yildan beri kuzatilayotgan eng past darajaga tushdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda yillik inflatsiya darajasi 2025 yil noyabr oyida 7,5 foizni tashkil etdi. 

Bu koʻrsatkich oktabr oyiga nisbatan 0,3 foiz bandga, oʻtgan yilning noyabriga nisbatan esa 2,5 foiz bandga past. Taqqoslash uchun, joriy yilning iyul oyida yillik inflatsiya 8,9 foiz boʻlgan va soʻnggi uch oy ichida inflyatsiya darajasi 1,4 foiz bandga pasaygan.

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, inflyatsiyani 5 foizgacha tushirish maqsad qilingan. Regulyatorning rasmiy saytida 2016 yil yanvaridan buyon eʼlon qilinib kelayotgan statistikaga koʻra, 2025 yil noyabr oyida qayd etilgan 7,5 foizlik koʻrsatkich ushbu davrdagi eng past yillik inflyatsiya hisoblanadi. Eng yuqori daraja esa 2018 yilning yanvarida qayd etilgan — 20,1 foiz.

Noyabrda narxlar dinamikasi

Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 1 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,5 foizga, aholiga koʻrsatilgan pullik xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatladi.

Ayrim asosiy mahsulotlarda sezilarli oshish kuzatildi: bodring (96,0%), pomidor (82,2%), bulgʻor qalampiri (61,2%) va baqlajon (51,7%). Boshqa bir qator mahsulotlar esa inflyatsiyaning pasayishiga taʼsir koʻrsatdi. Jumladan, sabzi (-26,1%), sholgʻom (-7,1%), barcha navdagi guruch (-4,5%), loviya (-4,2%), shakar (-2,9%), piyoz (-2,5%), banan (-1,3%) hamda parranda goʻshti (-1,2%).

Nooziq-ovqat segmentida propan (7,4%), benzin (1,7%), sement (1,4%) hamda kiyim-kechak va poyabzal (0,7%) narxlarining oshishi qayd etildi.

Hududiy farqlar

Noyabr oyida eng yuqori oylik inflyatsiya Toshkent shahrida kuzatilgan — narxlar oʻrtacha 1 foizga oshgan. Mamlakatning 11 hududida oʻsish atigi 0,6 foiz, Qoraqalpogʻiston va Jizzax viloyatlarida esa 0,7 foizni tashkil etdi.

Yil boshidan buyon narxlar eng koʻp Qoraqalpogʻistonda (6,9%), shuningdek Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida (6,8%) oshgan. Eng past koʻrsatkich Jizzax viloyatida qayd etilgan — 5,7 foiz. Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida esa inflyatsiya darajasi 6,1 foizni tashkil qilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+