12 169.410 so‘m

increase

36.930

14 359.900 so‘m

decrease

-0.100

158.950 so‘m

decrease

-0.140

12 169.410 so‘m

increase

36.930

7 soat avval
Iqtisodiyot
68

Oʻzbekistonda ilk pulli yoʻllar 2027 yilda ishga tushiriladi

“Oʻzbekiston–2030” strategiyasiga muvofiq, mamlakatda ilk pulli avtomobil yoʻllarini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan. 

Dastlabki 50 kilometrlik yoʻl 2027 yilda ishga tushirilishi, 2030 yilga borib esa pulli yoʻllarning umumiy uzunligi 130 kilometrga yetkazilishi koʻzda tutilmoqda.

Oʻzbekistonda ilk pulli yoʻllar 2027 yilda ishga tushiriladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Avvalroq yangilangan “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi qabul qilingani haqida xabar berilgandi

Hujjatda mamlakatning global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish hamda milliy transport tizimi salohiyatini oshirish boʻyicha qator muhim vazifalar belgilangan.

Strategiyaga koʻra, Toshkent – Samarqand, Toshkent – Fargʻona vodiysi va boshqa yoʻnalishlarda umumiy uzunligi 130 kilometr boʻlgan pulli avtomobil yoʻllarini qurish rejalashtirilgan. Biroq 2026 yilda birorta yoʻnalish boʻyicha yoʻllar toʻliq foydalanishga topshirilmaydi.

Dastlabki bosqichda 2027 yilda 50 kilometrlik yoʻl uchastkasi ishga tushirilishi kutilmoqda. 

Shundan soʻng loyiha bosqichma-bosqich kengaytirilib, 2028 yilga kelib pulli yoʻllar uzunligi 75 kilometrga, 2029 yilda 100 kilometrga yetkaziladi. 2030 yilga borib esa ularning umumiy uzunligi 130 kilometrni tashkil etishi rejalashtirilgan.

Strategiyada aynan qaysi yoʻnalishda birinchi pulli yoʻl ishga tushirilishi aniq koʻrsatilmagan. Hujjatga muvofiq, yoʻllar xususiy sektor mablagʻlari hisobidan barpo etiladi. Loyiha ijrosi uchun masʼul organ etib Transport vazirligi belgilangan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+