12 009.290 so‘m

decrease

-4.230

13 699.000 so‘m

increase

49.240

154.740 so‘m

decrease

-5.210

12 009.290 so‘m

decrease

-4.230

27 daqiqa avval
Bank
56

Oʻzbekistonda bank tizimining dollarlashuv darajasi kamaymoqda

2026 yil 1 iyun holatiga Oʻzbekiston banklaridagi depozitlarning 19 foizi xorijiy valyutada saqlanmoqda. Bir yil avval bu koʻrsatkich 24 foizni tashkil etgan edi. Shu bilan birga, soʻmdagi depozitlar valyutadagi omonatlarga qaraganda ancha tez oʻsgan.

Oʻzbekistonda bank tizimining dollarlashuv darajasi kamaymoqda
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, tijorat banklaridagi jami depozitlar hajmi bir yil ichida 345,6 trln soʻmdan 460,6 trln soʻmga yetdi. Oʻsish 115 trln soʻm yoki 33,3 foizni tashkil etdi.

Shundan milliy valyutadagi depozitlar 372,5 trln soʻmga yetgan. Bu 2025 yil 1 iyundagi 261,5 trln soʻmga nisbatan 111 trln soʻm yoki 42,4 foizga koʻp.

Xorijiy valyutadagi depozitlarning soʻmdagi ekvivalenti esa shu davrda 84,1 trln soʻmdan 88,1 trln soʻmga oshgan. Oʻsish 4 trln soʻm yoki 4,8 foizni tashkil etgan.

Natijada jami depozitlar tarkibida xorijiy valyutadagi mablagʻlar ulushi 24 foizdan 19 foizgacha kamaygan. Milliy valyutadagi depozitlar ulushi esa 76 foizdan 81 foizgacha koʻtarilgan. Yaʼni depozitlar bozoridagi yillik oʻsishning qariyb 97 foizi soʻmdagi mablagʻlar hisobiga taʼminlangan.

Bu jarayon ichki valyuta bozoridagi tendensiyalar bilan ham bir vaqtda kuzatilmoqda. 2026 yil yanvar–may oylarida jismoniy shaxslar banklarga 11,6 mlrd dollar miqdorida xorijiy valyuta sotgan, banklardan esa 5,5 mlrd dollar xarid qilgan. Yaʼni aholi sotgan valyuta xarid qilganidan 2,1 baravar yoki 6,1 mlrd dollarga koʻp boʻlgan.

Taqqoslash uchun, 2025 yilning mos davrida aholi banklarga 7,3 mlrd dollar sotib, 5,0 mlrd dollar xarid qilgan edi. Bir yil ichida aholi tomonidan banklarga sotilgan valyuta hajmi 59 foizga oshgan.

Bank tizimining boshqa koʻrsatkichlarida ham dollarizatsiyaning pasayishi kuzatilgan. Xorijiy valyutadagi aktivlarning jami aktivlardagi ulushi bir yil ichida 40 foizdan 35 foizgacha, valyutadagi kreditlar ulushi esa 41 foizdan 39 foizgacha tushgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+