11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

13 927.900 so‘m

decrease

-56.490

152.560 so‘m

decrease

-0.310

11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

12-avgust, 2025
Bank
517

Oʻzbekistonda avtokredit va mikroqarz foiz stavkalari qanday oʻzgarmoqda?

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, mikroqarzlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi oʻtgan oy shu davriga nisbatan 0,9 foiz punktga oshib, ayrim banklarda 41,6 foizgacha yetgan. 

Avtokreditlarda esa 0,6 foiz punktlik pasayish kuzatilib, eng past stavka 21,2 foiz, eng yuqorisi esa 28 foizni tashkil etmoqda.

Oʻzbekistonda avtokredit va mikroqarz foiz stavkalari qanday oʻzgarmoqda?
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank anʼanaviy  ravishda mikroqarz va avtokreditlar boʻyicha banklar kesimidagi foiz stavkalarini eʼlon qildi. Unga koʻra, mikroqarz boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi oʻtgan oyning taxminiy shu davriga nisbatan 0,9 foizga yuqorilab rekord darajada qimmatlagan.

Mikroqarzlar

11 avgust holatiga koʻra, eng past oʻrtacha mikroqarz foiz stavkasi hanuzgacha Aloqabankda qayd etildi — bankda stavka 1,5 foiz punktga kamayib 20,6 foizni tashkil etdi. Shuningdek, nisbatan past stavkalar quyidagi banklarda kuzatildi:

  • NBU — 26%
  • OFB — 26,6%
  • Turonbank — 26,7%
  • InFInBank — 27%

Eng yuqori oʻrtacha stavka TBC Bankda boʻlib, u 14 iyulga nisbatan 1,3 foiz punktga oshib 41,6 foizga yetdi. Yana yuqoriroq stavkalar quyidagi banklarda qayd etildi:

  • Apex Bank — 40,8%
  • Anorbank — 40%
  • Tenge Bank — 39,8%
  • Davr Bank — 37,3%

Avtokreditlar

11 avgust holatiga, avtokreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 23,7 foizni tashkil etdi. Bu oʻtgan oyga nisbatan 0,6 foiz punktga pastroqdir.

Banklar orasida oʻrtacha eng past stavkali avtokreditlarni Ipoteka bank taqdim etmoqda. Mazkur bankda foiz stavkasi 21,2 foizni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan sezilarli oʻzgarish boʻlmagan.

Qulay shartlar taklif qilayotgan boshqa banklar:

  • OFB — 21,8%
  • Asia Alliance bank— 21,9%
  • Asaka bank — 22,4%

Nisbatan baland avtokredit esa Hamkorbank va Infinbankda taqdim etilmoqda. Mazkur banklarda oʻrtacha foiz stavkasi 28 foizni tashkil etmoqda. Ulardan keyingi oʻrinlarda:

  • Madad Invest Bank — 27,9%
  • MK bank — 27,4%
  • Garant bank — 27,3%

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+