12 033.280 so‘m

increase

64.690

14 060.890 so‘m

increase

40.880

149.300 so‘m

increase

1.560

12 033.280 so‘m

increase

64.690

3 kun avval
Bank
105

Oʻzbekistonda 2030 yilgacha kamida 3 ta bankda islomiy moliya xizmatlari joriy etiladi

Yangilangan “Oʻzbekiston–2030” strategiyasida islomiy moliyaning huquqiy asoslarini yaratish va uni tijorat banklari faoliyatiga joriy etish koʻzda tutilgan. Rejalarga koʻra, 2030 yilga borib kamida uchta bank islomiy moliya xizmatlarini taklif qilishi kutilmoqda.

Oʻzbekistonda 2030 yilgacha kamida 3 ta bankda islomiy moliya xizmatlari joriy etiladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekistonda 2030 yilga qadar kamida uchta tijorat bankida islomiy moliya xizmatlarini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. Bu haqda yangilangan “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi loyihasida maʼlumot berilgan.

Mazkur tashabbus bank tizimidagi islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini kengaytirish hamda sohada raqobatni rivojlantirishga qaratilgan. Strategiyaga muvofiq, mamlakatda islomiy moliyaning toʻliq huquqiy asoslarini yaratish nazarda tutilgan.

Bu boradagi ishlar allaqachon boshlangan. Xususan, 2025 yil sentabr oyida islomiy banklar faoliyatini joriy etish haqidagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilgan. Bu toʻgʻrisidagi qonun loyhasi Qonunchilik palatasida qabul qilinib Senatga yuborilgan.

Rejalarga koʻra, 2026 yilda Oʻzbekistonda biror bankda islomiy moliya xizmatlari yoʻlga qoʻyilishi kutilmaydi. Bu holat aynan shu yilda qonunchilik bazasini ishlab chiqish jarayoni bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. 2027–2028 yillarda bunday banklar soni 1 taga yetadi, 2029 yilda kamida 2 taga, 2030 yilga borib esa kamida 3 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekistonda islomiy moliyalashtirish 

Mikromoliya tashkilotlari tomonidan 2025 yilning 9 oyida koʻrsatilgan islomiy moliyalashtirish xizmatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • murobaha (nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish),
  • islomiy ijara (ijara asosidagi moliyalashtirish),
  • muzoraba (foyda taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish).

Mazkur xizmatlarning umumiy hajmi 8,6 mlrd soʻm boʻlib, bu oʻtgan yilga nisbatan 14 barobar oʻsishni anglatadi. Shuningdek, mikromoliya tashkilotlariga Markaziy bank nizomi asosida quyidagi qoʻshimcha shariatga mos moliyaviy xizmatlarni ham koʻrsatish huquqi berilgan:

  • mushoraka (sheriklik — foyda va zararlarni taqsimlash),
  • salam (oldindan toʻlovga asoslangan moliyalashtirish).

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+