12 968.380 so‘m

decrease

-4.930

14 343.030 so‘m

increase

14.010

152.370 so‘m

increase

1.180

12 968.380 so‘m

decrease

-4.930

6 kun avval
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari ilk bor $48 mlrdga yaqinlashdi

Umumiy xalqaro zaxiralar yil boshidan beri $6,7 mlrdga oʻsdi.

Birgina mart oyida oltin-valyuta zaxiralari $2,9 mlrdga oshib, tarixiy rekord – $47,9 mlrdga yetdi.

Oʻsish asosan oltin narxi koʻtarilishi hisobiga yuzaga kelgan boʻlib, oʻtgan oyda zaxiralardagi oltinning qiymati 2 mlrddan koʻproqqa oshdi.

Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari ilk bor $48 mlrdga yaqinlashdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank 7 aprel kuni eʼlon qilgan maʼlumotlarga koʻra, joriy yil 1 aprel holatiga koʻra, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari $47,9 milliardni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich tarixiy maksimum hisoblanadi.

Mart oyida zaxiralar $2,9 mlrdga oshib, fevralda qayd etilgan avvalgi rekordni yangiladi. 

Koʻrsatkichlar1 yanvar 20251 mart 20251 aprel 2025
Rasmiy zaxira aktivlari (mlrd $)41,244,9447,9
Oltin (mlrd $)32,0334,8636,88
Sof hajmi (mln troya unsiya)12,312,211,8
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari (mlrd $)8,69,5310,41

Izoh: koʻrsatkichlar yaxlitlangan.

Umuman olganda, birinchi chorak davomida zaxiralar 6,7 milliard dollarga oʻsdi. Bu oʻsish asosan oltin narxining keskin koʻtarilishi hisobiga yuzaga keldi.

Oltin zaxiralari qiymati esa rekord narxlar tufayl $2 milliarddan ortiq oʻsib, $36,88 milliardga yetdi. Bu ham yangi rekorddir. Shunga qaramay, oltinning fizik hajmi biroz kamaydi — 12,2 million troya unsiyadan 11,8 million troya unsiyaga tushdi. Bu esa eksport omillarini aks ettirishi mumkin.

Shuningdek, valyuta zaxiralari ham oʻsdi. Mart oyida ular $0,8 milliardga koʻpayib, umumiy hajmi $10,41 milliardga yetdi. Bu esa valyuta qismi boʻyicha ham sezilarli oʻsishni anglatadi. Chorak yakunida esa valyuta zaxiralari $1,8 milliardga koʻpaydi.


Avvalroq Oʻzbekiston fevral oyida dunyo boʻyicha oltin sotish boʻyicha yetakchi boʻlganligi xabar qilingan edi. Markaziy bank mazkur oyda 12 tonna oltin sotgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+