12 088.980 so‘m

increase

23.490

13 801.990 so‘m

increase

47.330

154.470 so‘m

decrease

-1.190

12 088.980 so‘m

increase

23.490

2 soat avval
Texnologiya
47

Oʻzbekiston venchur investitsiyalar oʻsishi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egalladi

Oʻzbekistonda venchur investitsiyalar hajmi 2026 yilning ikkinchi choragi yakunlariga koʻra, yillik hisobda 539,7 foizga oshdi.

Oʻzbekiston venchur investitsiyalar oʻsishi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egalladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekiston venchur kapitali oʻsish surʼati boʻyicha dunyo mamlakatlari orasida birinchi oʻrinni egallagan. Bu haqda Dealroom.co platformasi maʼlumot berdi.

Hisobotda Oʻzbekistonda venchur investitsiyalar hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 539,7 foizga oshgani qayd etilgan. Keyingi oʻrinlarni 325,7 foizlik oʻsish bilan Keniya va 307,7 foizlik koʻrsatkich bilan Avstriya egallagan.

Kuchli oʻntalikka, shuningdek, Gana, Pokiston, Xitoy, Argentina, Ukraina, Xorvatiya va AQSh kirgan.

Xususan, Ganada venchur investitsiyalar hajmi 278,3 foizga, Pokistonda 264,2 foizga, Xitoyda 232,3 foizga, Argentinada 228,9 foizga, Ukrainada 209,5 foizga, Xorvatiyada 181,4 foizga va AQShda 180,8 foizga oshgan.

Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur natijani Oʻzbekistonda startaplar ekotizimini rivojlantirish, texnologik tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va innovatsion loyihalar uchun qulay muhit yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijasi sifatida baholadi.

Vazirlikka koʻra, bu koʻrsatkich Oʻzbekistonning Markaziy Osiyodagi texnologik va innovatsion markazlardan biriga aylanib borayotganini ham namoyon etadi.

Dealroom.co startaplar, venchur investitsiyalar va texnologik ekotizimlar boʻyicha maʼlumotlarni jamlovchi xalqaro tahliliy platformadir. Uning maʼlumotlaridan investorlar, hukumatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar foydalanadi.

Shu bilan birga, mazkur reyting venchur investitsiyalarining mutlaq hajmini emas, balki ularning bir yil ichidagi oʻsish surʼatini aks ettiradi. Yaʼni Oʻzbekiston investitsiyalar miqdori boʻyicha emas, yillik oʻsish dinamikasi boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+