12 021.610 so‘m

decrease

-38.170

14 092.930 so‘m

decrease

-36.310

150.440 so‘m

increase

0.370

12 021.610 so‘m

decrease

-38.170

14 soat avval
Iqtisodiyot
40

“Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ 9 oyda 1,33 trln soʻm foyda koʻrdi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2021 yildan beri ilk marta moliyaviy hisobotlarni ochiqladi. Korporativ maʼlumotlar yagona portalida kompaniyaning 2025 yilning birinchi, ikkinchi va uchinchi choraklari boʻyicha hisobotlar joylashtirilgan. 9 oy yakunlariga koʻra, kompaniyaning sof tushumi 11 trillion soʻmdan oshdi, sof foyda esa 1,33 trillion soʻmga yetdi.

“Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ 9 oyda 1,33 trln soʻm foyda koʻrdi
Foto: AI/Pinkod.uz

“Oʻzbekiston Temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati soʻnggi toʻrt yil ichida ilk bor choraklik moliyaviy hisobotlarini eʼlon qildi. Korporativ maʼlumotlar yagona portalida kompaniyaning 2025 yilning birinchi, ikkinchi va uchinchi choraklari boʻyicha moliyaviy hisobotlari joylashtirildi.

Bundan avvalgi soʻnggi moliyaviy hisobot 2021 yilning uchinchi choragiga toʻgʻri keladi.

Hisobotlarga koʻra, 2025 yilning toʻqqiz oyi yakunida kompaniyaning tovar va xizmatlar realizatsiyasidan olingan sof tushumi 11 trillion soʻmdan oshdi. Shu davrda xizmatlar va mahsulotlar tannarxi biroz qisqarib, 8,9 trillion soʻmni tashkil etdi.

Kompaniya daromadlarining bunday oʻsishi asosan valyuta kursi farqidan olingan daromadlar hisobiga shakllangan. Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan uch baravarga oshib, 1,8 trillion soʻmga yetdi.

Uchinchi chorak yakunlariga koʻra, “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” 1,33 trillion soʻm sof foyda qayd etdi. Taqqoslash uchun, oʻtgan yilning shu davrida kompaniya 328 milliard soʻm zarar koʻrgan edi.

Kap Depo investitsiya kompaniyasi tahliliga koʻra, valyuta kursiga yuqori sezgirlik kompaniyaning katta hajmdagi xorijiy valyutadagi majburiyatlari bilan izohlanadi. 2025 yil sentabr holatiga koʻra, “Oʻzbekiston Temir yoʻllari”ning uzoq muddatli kreditlari 24 trillion soʻmni tashkil etgan. Shu sababli milliy valyutaning mustahkamlanishi kompaniya foydasining asosiy drayverlaridan biri sifatida namoyon boʻlmoqda.

Shu bilan birga, yuqori qarzdorlik kompaniya uchun yangi holat emas. Xususan, 2021 yilning toʻqqiz oyi yakunlariga koʻra ham bank kreditlari hajmi 19 trillion soʻmdan oshgan edi.

“Boshqacha aytganda, joriy moliyaviy natija biznesda tizimli yaxshilanishni aks ettirmaydi — u asosan valyuta xarajatlari va foiz yukining kamayishi hisobiga shakllangan”, — deyiladi kompaniya xabarida. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+