12 191.250 so‘m

increase

15.720

14 111.370 so‘m

decrease

-40.250

154.200 so‘m

decrease

-0.880

12 191.250 so‘m

increase

15.720

5 soat avval
Iqtisodiyot
32

Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket yettinchi oy rekordni yangiladi — 77 mlrd dollar

Markaziy bank zaxiralari qiymati fevral oyida 2 mlrd dollarga koʻpayib, 77,08 mlrd dollarni tashkil etdi. 

Bir oy ichida zaxiralarda oltin qiymati 2,7 mlrd dollarga oshdi. 

Shu bilan birga valyuta zaxiralari ketma-ket ikkinchi oy qisqargan.

Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket yettinchi oy rekordni yangiladi — 77 mlrd dollar
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket yettinchi oy tarixiy maksimumni yangiladi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumotlarida keltirilgan.

1 mart holatiga koʻra, Markaziy bank zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati 77,08 mlrd dollarni tashkil etdi.

Bir oy davomida zaxiralar 2 mlrd dollarga yoki 2,7 foizga oshgan. Yilning dastlabki ikki oyida esa oʻsish 16,2 foizdan ortiqni tashkil qilgan.

Zaxiralarning koʻpayishi asosan oltin narxining oshishi bilan bogʻliq. Xususan, oy davomida oltin narxi 5063,45 dollardan 5174,10 dollargacha koʻtarilib, bu omil zaxiralarning qariyb 1,4 mlrd dollarga oshishiga sabab boʻlgan.

Fevral oyida Markaziy bank omborlaridagi oltinning qiymati ham ketma-ket sakkizinchi oy rekord darajani yangilab, 67,67 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 2,69 mlrd dollarga yoki 4,1 foizga oshgan.

Oltinning fizik hajmi ham oʻsishni koʻrsatdi: u 12,8 mln troy unsiyadan (398,1 tonna) 13,1 mln troy unsiyagacha (407,5 tonna) yetdi.

Shu bilan birga, valyuta zaxiralari ketma-ket ikkinchi oy qisqarmoqda. Fevral oyida ular 0,7 mlrd dollarga kamayib, 8,8 mlrd dollarni tashkil etdi.

Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan sotib olingan xorijiy qimmatli qogʻozlar qiymati biroz oshib, 1,54 mlrd dollarga yetdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+