12 279.480 so‘m

increase

13.710

14 508.210 so‘m

increase

16.200

159.250 so‘m

increase

0.180

12 279.480 so‘m

increase

13.710

3 soat avval
Iqtisodiyot
61

Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket oltinchi oy rekordni yangiladi — 75 mlrd dollar

2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 8,8 mlrd dollarga oshib, ilk marta 75, mlrd dollardan oshdi.

Bir oyda zaxiralar tarkibidagi oltin qiymati 9,9 mlrd dollarga oshib, 64,98 mlrd dollarni tashkil etdi. 

Shu bilan birga, valyuta zaxiralari 1,2 mlrd dollarga qisqarib, 9,5 mlrd dollarga tushdi.

Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket oltinchi oy rekordni yangiladi — 75 mlrd dollar
Foto: AI/Pinkod.uz

2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 75 mlrd dollardan oshdi. Bu haqda Markaziy bank rasmiy maʼlumotlarida keltirilgan.

Bir oy davomida mamlakat zaxiralari 8,8 mlrd dollarga koʻpayib, 75,08 mlrd dollarga yetdi. Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket olti oy davomida tarixiy maksimumni yangilab kelmoqda. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan zaxiralar hajmi 82 foizga oshgan.

Koʻrsatkichlar1 yanvar 2025 1 yanvar 20261 fevral 2026
Rasmiy zaxira aktivlari (mlrd $)41,266,3175,08
Oltin (mlrd $)32,03 55,0964,98
Sof hajmi (mln troya unsiya)12,312,612,8
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari (mlrd $)8,610,649,52
Shu jumladan qimmatli qogʻozlar$101,7 mln$1,53 mlrd$1,54 mlrd

Yanvar oyida zaxiralardagi oltinning qiymati bir oyda 9,9 mlrd dollarga oshdi. Markaziy bank omborlarida saqlanayotgan oltin qiymati ketma-ket yettinchi oy rekordni yangilab, 64,98 mlrd dollarni tashkil etdi.

Shuningdek, oltinning fizik hajmi oʻtgan oydagi 12,6 mln troya unsiyadan 12,8 mln troya unsiyagacha koʻpaydi. Oltin zaxiralari qiymatining oshishiga jahon bozorlarida narxlarning keskin koʻtarilishi asosiy omil boʻldi. 

Xususan, narxlar oshishining zaxiralarga ijobiy taʼsiri 8,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Maʼlumot uchun, 2026 yil yanvar oyida oltin narxi tarixda ilk bor 5 500 dollardan oshdi.

Biroq oltindagi ijobiy tendensiyaga qaramay, oʻtgan oyda Oʻzbekistonning valyuta zaxiralari 1,2 mlrd dollarga qisqarib, 9,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu, asosan, xorijiy valyutadagi naqd pul va depozitlar hajmining kamayishi bilan izohlanadi.

Markaziy bank tomonidan investitsiya qilingan qimmatli qogʻozlar qiymati esa deyarli oʻzgarmay, 1,5 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi.


Avvalroq Pinkod yirik banklar 2026 yilda oltin narxi bir troya unsiya uchun 6 000 dollardan oshishini kutayotgani haqida yozgan edi

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+