12 033.280 so‘m

increase

64.690

14 060.890 so‘m

increase

40.880

149.300 so‘m

increase

1.560

12 033.280 so‘m

increase

64.690

1 kun avval
Iqtisodiyot
54

Oʻzbekiston ketma-ket ikkinchi oy ham oltin sotib oldi

Noyabr oyida Oʻzbekiston Markaziy banki oltin xaridini davom ettirib, 10 tonna qimmatbaho metall sotib oldi. Bu ketma-ket ikkinchi oylik xarid boʻlib, avvalgi oylarda kuzatilgan zaxiralardagi pasayishni qoplashga xizmat qilgan.

Oʻzbekiston ketma-ket ikkinchi oy ham oltin sotib oldi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekiston ketma-ket ikkinchi oy ham oltin xaridini davom ettirdi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) hisobotida maʼlumot berilgan.

2025 yil noyabr oyida markaziy banklarning oltin xaridlariga boʻlgan talabi yuqori darajada saqlanib qoldi. Hisobotga koʻra, oy davomida sof oltin xaridlari 45 tonnani tashkil etgan boʻlsa, yil boshidan buyon jami xaridlar hajmi 297 tonnaga yetdi. Oltin xaridlarida asosan rivojlanayotgan bozorlar markaziy banklari yetakchi boʻlib qolmoqda.

chart2

Noyabr oyida eng faol xaridorlardan biri Polsha Milliy banki boʻldi. Bank 12 tonna oltin xarid qilib, mamlakatning umumiy oltin zaxiralarini 543 tonnaga yetkazdi. Bu koʻrsatkich Polshaning jami xalqaro rezervlarining qariyb 28 foizini tashkil etadi.

Braziliya Markaziy banki ham ketma-ket uchinchi oy oltin xaridini davom ettirib, noyabr oyida 11 tonna oltin sotib oldi.

Shuningdek, noyabr oyida Oʻzbekiston Markaziy banki 10 tonna oltin xarid qildi. Oktabr oyida ham 9 tonna oltin sotib olingan edi. Avvalroq, sentabr oyida Oʻzbekiston oltin zaxiralari yil boshida beri 21 tonnaga qisqargani maʼlum qilingan

Ketma-ket ikki oylik xaridlar ortidan mazkur manfiy tafovut 2 tonnagacha qisqarganini taxmin qilish mumkin. Dekabr oyi uchun rasmiy maʼlumotlar hozircha eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, Markaziy bank bu oyda ham oltin xarid qilgan boʻlishi ehtimoli mavjud.

Qozogʻiston Milliy banki noyabr oyida 8 tonna oltin xarid qildi.

Yil boshidan buyon Polsha 95 tonna oltin xaridi bilan dunyodagi eng yirik rasmiy sektor xaridori boʻlib qolmoqda. Qozogʻiston esa 49 tonna bilan ikkinchi oʻrinni egallagan.

chart 3

Dunyo miqyosida esa eng yirik oltin sotuvchi sifatida taxminan 16 tonna bilan Singapur qayd etilgan.


Avvalroq Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi tarixda ilk bor 60 mlrd dollardan oshib, 61,2 mlrd dollarga yetgani xabar qilingan edi.

Zaxiralarning asosiy qismini tashkil etuvchi oltin qiymati ham rekord darajaga chiqdi. Qimmatbaho metall narxi bir oyda 3 mlrd dollardan koʻproqqa oshib, 50,86 mlrd dollarga yetdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+