11 937.600 so‘m

decrease

-37.190

13 961.020 so‘m

decrease

-47.090

159.470 so‘m

decrease

-0.170

11 937.600 so‘m

decrease

-37.190

18 soat avval
Iqtisodiyot
38

Oʻzbekiston ketma-ket oltinchi oy ham oltin eksportini amalga oshirmadi

Yanvar–mart oylarida eksport hajmi 5,8 mlrd dollar boʻlib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 29,3 foizga kamaydi. Bunga 2026 yilda oltin eksportining toʻliq toʻxtagani sabab boʻlgan. Shunga qaramay, oltinsiz eksport hajmi 26,2 foizga oshdi.

Oʻzbekiston ketma-ket oltinchi oy ham oltin eksportini amalga oshirmadi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekiston ketma-ket oltinchi oy ham oltin eksportini amalga oshirmadi. Bu haqda statistika qoʻmitasi eʼlon qilgan hisobotda keltirib oʻtilgan

2026 yil yanvar-mart oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 18 mlrd dollarga yetdi. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 471,0 mln AQSh dollariga yoki 2,7 %ga koʻproqdir.

Shu davrda import hajmi sezilarli oshib, 12,2 mlrd dollarni tashkil etgan boʻlsa, eksport 5,8 mlrd dollargacha qisqardi. Natijada tashqi savdo balansi 6,4 mlrd dollarlik manfiy saldo bilan shakllandi.

Eksport koʻrsatkichlarida esa pasayish kuzatildi. Yanvar–mart oylarida eksport hajmi 5,8 mlrd dollar boʻlib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 29,3 foizga kamaydi. Biroq maxsus eksport hisobga olinmaganda, tovarlar eksporti 3,48 mlrd dollarga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 26,2 foizga oshgan. Bu oltin eksportidagi keskin oʻzgarish umumiy eksport statistikasiga kuchli taʼsir qilganini koʻrsatadi.

Hisobotga koʻra, Oʻzbekiston yanvar–mart oylarida nomonetar oltin eksportini amalga oshirmagan. Taqqoslash uchun, 2025 yilning shu davrida nomonetar oltin eksporti 3,57 mlrd dollarni tashkil etgan va jami eksportning 43,5 foiziga teng boʻlgan. 2026 yilda esa ushbu koʻrsatkich nolga tenglashgan.

Shu tariqa, Oʻzbekiston ketma-ket oltinchi oy ham oltin eksportini amalga oshirmadi. Avvalroq mamlakat yanvar va fevral oylarida ham oltin eksport qilmagani qayd etilgandi. Bundan oldin, oktabr, noyabr va dekabr oylarida ham oltin eksporti kuzatilmagan, aksincha oltin xaridi amalga oshirilgan.

Oltin eksportisiz ham ayrim yoʻnalishlarda oʻsish saqlanib qoldi. Xususan, xizmatlar eksporti 2,3 mlrd dollarga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 26,8 foizga oshdi. Toʻqimachilik mahsulotlari eksporti 739,9 mln dollarni tashkil etib, 17,6 foizga koʻpaydi. Meva-sabzavot eksporti esa 317,7 mln dollarga yetib, 12,4 foizga oʻsdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+