12 015.960 so‘m

decrease

-26.530

14 051.460 so‘m

decrease

-96.060

160.300 so‘m

decrease

-0.250

12 015.960 so‘m

decrease

-26.530

1 soat avval
Iqtisodiyot
30

Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2026 yil I choragida 8,7 foizga oʻsdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida qayd etilishicha, I chorakda yalpi ichki mahsulot 8,7 foizga, sanoat 8 foizga, xizmatlar 16,1 foizga, qishloq xoʻjaligi esa 5,1 foizga oshgan. Shuningdek, yigʻilishda Milliy investitsiya jamgʻarmasining 30 foizlik ulushi may oyida xalqaro bozorlarda IPO’ga chiqarilishi maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2026 yil I choragida 8,7 foizga oʻsdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi chorak koʻrsatkichlarini tarmoq va hududlar kesimida tanqidiy tahlil qilish va yilning qolgan davrida qilinadigan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda taʼkidlanishicha, birinchi chorak yakuni bilan Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti 8,7 foizga, sanoat 8 foizga, xizmatlar 16,1 foizga, qishloq xoʻjaligi 5,1 foizga oʻsdi. Eksport 5,8 milliard dollarni, xorijiy investitsiya hajmi esa 13,7 milliard dollarni tashkil qildi. Inflyatsiya esa yillik hisobda birinchi marta 7,1 foizgacha pasaydi.

Bularning hisobiga yanvar-mart oylarida byudjet daromadlari oʻtgan yilga nisbatan 35 foizga koʻpayib, 103 trillion soʻmga yetdi. Mahalliy byudjetlarda qoʻshimcha 2 trillion 200 milliard soʻm mablagʻ shakllandi. Shundan 1 trillion 400 milliard soʻm tuman va shaharlar ixtiyorida qoldi.

“Kelasi oy 2 milliard 400 million dollarlik davlat aktivlarining 30 foizini ilk bor xalqaro fond bozorlariga chiqaramiz. Bu Milliy investitsiya jamgʻarmasini tashkil qilib, 13 ta strategik korxona boshqaruvini nufuzli “Franklin Templeton” kompaniyasiga berganimiz uchun boʻlyapti.

Bir narsani bilinglar: iqtisodiyotimizni xalqaro miqyosda yangi darajaga olib chiqish uchun chuqur oʻylab, yakuniy qarorga kelganmiz”, – dedi davlat rahbari.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+