11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

13 329.150 so‘m

decrease

-108.120

146.750 so‘m

increase

0.790

11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

Yaqin 2 soat ichida
Bank
40

Oʻzbekiston banklarida muammoli kreditlar 25 trln soʻmga yetdi. Banklar kesimida koʻrsatkichlar

2026 yilning toʻqqiz oyida Oʻzbekiston banklaridagi muammoli kreditlar hajmi qariyb 7 trln soʻmga yoki 38,5 foizga oshib, 25 trln soʻmga yetdi. 

Oʻzbekiston banklarida muammoli kreditlar 25 trln soʻmga yetdi. Banklar kesimida koʻrsatkichlar

2026 yil 1 oktabr holatiga tijorat banklarining jami kredit portfeli 659,1 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumotlarida keltirib oʻtilgan.

Banklar portfelining 25 trln soʻmi muammoli kreditlar hisoblanadi. Toʻqqiz oyda NPL hajmi qariyb 7 trln soʻm yoki 38,5 foizga koʻpaydi. NPLning kredit portfelidagi ulushi esa 3 foizdan 3,8 foizgacha koʻtarildi.

Davlat banklari 

1 oktabr holatiga koʻra, davlat banklarining kredit portfeli 425 trln 820 mlrd soʻmni tashkil etmoqda.

Ularning tarkibidagi muammoli kreditlar yil boshiga nisbatan 4,11 trln soʻm yoki 32 foizga koʻpayib, 16,94 trln soʻmga yetdi. Bu tizimdagi jami NPLning 67,7 foiziga teng.

Ushbu banklarning kredit portfeli esa 5,3 foizga oʻsib, 425,82 trln soʻmni tashkil etdi. Portfeldagi muammoli kreditlar ulushi 3,17 foizdan 3,98 foizgacha oshdi.

Xususiy va boshqa banklar

Xususiy va boshqa banklarda NPL hajmi 2,88 trln soʻm yoki 55,1 foizga koʻpayib, 8,10 trln soʻmga yetgan. Mazkur guruhning kredit portfeli 16,9 foizga kengayib, 233,27 trln soʻmni tashkil etgan. Muammoli kreditlar ulushi esa 2,62 foizdan 3,47 foizgacha koʻtarilgan.

Eng katta oʻsish Mikrokreditbankda

Toʻqqiz oyda muammoli kreditlar hajmi eng koʻp Mikrokreditbankda oshgan. Bankdagi NPL yil boshidagi 894 mlrd soʻmdan 2,74 trln soʻmga yetdi. Oʻsish 1,85 trln soʻm yoki 206,4 foizni tashkil etdi.

Birgina ushbu bank hissasiga tizimdagi muammoli kreditlar sof oʻsishining 26,4 foizi toʻgʻri kelgan. Mikrokreditbankning kredit portfelidagi NPL ulushi esa 4,41 foizdan 11,39 foizgacha koʻtarilgan.

Keyingi oʻrinlarda Anorbank, Xalq banki va Oriyent Finans bank joylashgan.

Bank1 oktabrdagi NPL hajmiYil boshidan oʻsish
Mikrokreditbank2,74 trln soʻm1,85 trln soʻm
Anorbank1,18 trln soʻm701,4 mlrd soʻm
Xalq banki1,59 trln soʻm560,2 mlrd soʻm
Oriyent Finans bank568,6 mlrd soʻm547,6 mlrd soʻm
Agrobank3,18 trln soʻm481,6 mlrd soʻm
TBC Bank1,04 trln soʻm444,9 mlrd soʻm
Biznesni rivojlantirish banki1,53 trln soʻm422,1 mlrd soʻm
Aloqabank809,6 mlrd soʻm332,3 mlrd soʻm
Hamkorbank483,1 mlrd soʻm290,7 mlrd soʻm
Madad Invest bank254,8 mlrd soʻm252,2 mlrd soʻm

Birinchi yarim yillikda ham NPL hajmi eng koʻp Mikrokreditbankda koʻpaygan edi. Oʻshanda bankdagi muammoli kreditlar 1,80 trln soʻmni tashkil etgan. Uchinchi chorakda koʻrsatkich yana qariyb 943 mlrd soʻmga oshgan.

Sentabrda NPL yana 1 trln soʻmga koʻpaydi

Bir oy ichida bank tizimidagi muammoli kreditlar 1,02 trln soʻmga oshdi. Shundan 396,4 mlrd soʻmi davlat banklari, 621,6 mlrd soʻmi boshqa banklar hissasiga toʻgʻri kelgan.

Sentabrdagi eng katta oʻsish ham Mikrokreditbankda kuzatilgan — 601,3 mlrd soʻm. Oriyent Finans bankda NPL 311,7 mlrd soʻmga, Madad Invest bankda 196,3 mlrd soʻmga va Ipoteka-bankda 127,1 mlrd soʻmga koʻpaygan.

Ayni paytda ayrim yirik banklarda pasayish qayd etilgan. Jumladan, Asakabankdagi muammoli kreditlar 97,4 mlrd soʻmga, Oʻzmilliybankda 65,2 mlrd soʻmga, Ziraat Bank Uzbekistan’da 65,1 mlrd soʻmga va Aloqabankda 45,8 mlrd soʻmga kamaygan.

Muammoli kreditlar ulushi eng yuqori bank — Madad Invest bank

1 oktabr holatiga kredit portfelidagi NPL ulushi boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich Madad Invest bankda qayd etilgan — 43,42 foiz. Bankning 586,8 mlrd soʻmlik kredit portfelidan 254,8 mlrd soʻmi muammoli kreditlardan iborat.

Bir oy avval bu ulush 10,04 foiz edi. Sentabr davomida NPL hajmi 58,5 mlrd soʻmdan 254,8 mlrd soʻmga, yaʼni 4,4 barobarga oshgan.

BankNPL hajmiKredit portfelidagi ulushi
Madad Invest bank254,8 mlrd soʻm43,42%
Poytaxt bank103,4 mlrd soʻm13,79%
TBC Bank1,04 trln soʻm13,40%
Mikrokreditbank2,74 trln soʻm11,39%
Anorbank1,18 trln soʻm9,03%
AVO bank111 mlrd soʻm6,90%
Garant bank103,5 mlrd soʻm6,07%
Biznesni rivojlantirish banki1,53 trln soʻm5,78%

Madad Invest bankda bunday keskin oʻzgarish yil davomida avval ham kuzatilgan. Pinkod aprel oyida yozgan materialda bankdagi NPL ulushi 50,8 foizga yetgani qayd etilgan edi.

Mutlaq hajm boʻyicha Agrobank yetakchi

Muammoli kreditlarning summasi boʻyicha birinchi oʻrinda Agrobank turibdi — 3,18 trln soʻm. Oʻzmilliybankda bu koʻrsatkich 3,11 trln soʻm, Mikrokreditbankda esa 2,74 trln soʻmni tashkil etgan. Lekin bu banklarda jami kredit portfeli ancha yirik ekanligi tufayli NPL ulushi ancha past shakllangan.

BankNPL hajmiKredit portfelidagi ulushi
Agrobank3,18 trln soʻm3,32%
Oʻzmilliybank3,11 trln soʻm2,99%
Mikrokreditbank2,74 trln soʻm11,39%
Oʻzsanoatqurilishbank1,79 trln soʻm3,02%
Asakabank1,61 trln soʻm4,09%
Xalq banki1,59 trln soʻm4,14%
Biznesni rivojlantirish banki1,53 trln soʻm5,78%
Ipoteka-bank1,24 trln soʻm3,31%
Anorbank1,18 trln soʻm9,03%
Kapitalbank1,11 trln soʻm2,79%

Qaysi banklarda NPL kamaygan?

Yil boshiga nisbatan muammoli kreditlar hajmi Ziraat Bank Uzbekistan’da 23,8 mlrd soʻmga, Ipoteka-bankda 18,1 mlrd soʻmga qisqargan. Davr bankda kamayish 28,4 mln soʻm, Soderot bankda esa 333,3 mln soʻmni tashkil etgan.

KDB Bank Oʻzbekiston va Oktobankda 1 oktabr holatiga muammoli kreditlar qayd etilmagan. Uzum bankda NPL ulushi 0,03 foiz, Apeks bankda 0,08 foiz va Openbank’da 0,42 foizga teng boʻlgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+