11 808.760 so‘m

decrease

-12.420

13 404.120 so‘m

decrease

-15.280

142.160 so‘m

increase

1.720

11 808.760 so‘m

decrease

-12.420

7 daqiqa avval
Bank
38

Oʻzbekiston avgust oyida oltin eksport qilmadi — yil boshidan beri sotuv uch baravarga qisqardi

2026 yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekiston qariyb $2,8 mlrdlik oltin eksport qildi, bu oʻtgan yilning shu davridagi $8,42 mlrdga nisbatan qariyb 67% kam. Joriy yilda oltin eksporti faqat aprel va iyul oylarida amalga oshirilgan.

Oʻzbekiston avgust oyida oltin eksport qilmadi — yil boshidan beri sotuv uch baravarga qisqardi

Oʻzbekiston 2026 yil avgust oyida oltin eksportini amalga oshirmadi. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yanvar–avgust oylarida nomonetar oltin eksporti qariyb $2,8 mlrdni tashkil etdi va iyul oyiga nisbatan oʻzgarmadi.

Shu tariqa, joriy yilning sakkiz oyida Oʻzbekiston oltinni faqat ikki oyda eksport qilgan: aprelda qariyb $1,5 mlrd, iyulda esa $1,3 mlrd. Yanvar–mart, may–iyun va avgust oylarida oltin eksporti qayd etilmagan. 

Taqqoslash uchun, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekiston $8,42 mlrdlik oltin eksport qilib, oʻsha paytdagi tarixiy rekordni yangilagan edi.

Oltinning mamlakat eksportidagi roli ham keskin kamaygan. 2025 yilning yanvar–avgustida $8,33 mlrdlik oltin jami eksportning 36,2%ini tashkil etgan boʻlsa, joriy yilning mos davrida uning ulushi qariyb 12,3%gacha tushdi. 

Oltin eksportining qisqarishi umumiy eksport koʻrsatkichiga ham taʼsir qilgan. Sakkiz oyda Oʻzbekiston eksporti 3,4% kamayib, $22,9 mlrdni tashkil etdi. Import esa aksincha 16,3% oshib, $34,5 mlrdga yetdi.

Shunga qaramay, Oʻzbekistonning oltindan tashqari eksportida aksincha oʻsish kuzatilmoqda. Yanvar–avgustda oltinni hisobga olmagan tovarlar eksporti 28,7% oshib, $11,5 mlrdga yetdi. Sanoat tovarlari eksporti 25,6% oʻsib $3,35 mlrdni, xizmatlar eksporti esa 33,8% koʻpayib $8,54 mlrdni tashkil etdi.

Ayni paytda mamlakatning oltin zaxirasi koʻpaymoqda. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 1-sentabr holatida zaxiralardagi oltinning jismoniy hajmi 14,1 mln unsiya yoki qariyb 438,6 tonnaga yetgan. Yil boshida bu koʻrsatkich qariyb 392 tonna edi, sakkiz oyda zaxira qariyb 47 tonnaga oshgan. Oltinning qiymati esa avgust oxirida qariyb $65 mlrdni tashkil etdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+