12 557.560 so‘m

decrease

-34.150

14 809.130 so‘m

decrease

-12.570

159.440 so‘m

decrease

-0.740

12 557.560 so‘m

decrease

-34.150

1 кун аввал
Bozor

Oʻzbekiston 2025 yil boshidan beri eng koʻp oltin sotgan davlat boʻlib turibdi

Oʻzbekiston joriy yilning dastlabki besh oyi yakunlariga koʻra, oltin eksporti boʻyicha dunyoda yetakchi boʻldi. Jumladan, mamlakat oltin zaxiralari bu davrda 27 tonnaga kamaygan. 

Oʻzbekiston 2025 yil boshidan beri eng koʻp oltin sotgan davlat boʻlib turibdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston 2025 yilning 5 oyi (yanvar-may) yakunida oltin sotuvi boʻyicha dunyoda yetakchi boʻldi. Mamlakat ketma-ket uch oy davomida (fevral-aprel) oltin eksporti boʻyicha peshqadam boʻlgan edi.

Jahon oltin kengashi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil may oyida Singapur Pul-kredit boshqarmasi 5 tonna oltin sotuvi bilan birinchi oʻrinni egallagan. Oʻzbekiston va Germaniya Markaziy banklari esa har biri 1 tonnadan oltin sotib, ikkinchi oʻrinni boʻlishgan.

Shunga qaramay, yillik koʻrsatkichlar boʻyicha Oʻzbekiston 27 tonna sof oltin sotuvi bilan eng yirik eksportchi davlat boʻlib qolmoqda.

chart 2

Qozogʻiston Markaziy banki esa may oyida oʻz zaxiralarini 7 tonnaga oshirib, jami 299 tonnaga yetkazdi. Yil boshidan buyon mamlakat zaxiralari 15 tonnaga koʻpaygan.

Oʻzbekiston Jahon oltin kengashining soʻnggi uchta hisobotida oltin eksporti boʻyicha yetakchi mamlakat sifatida qayd etilgan edi. Xususan, fevral oyida 12 tonna oltin sotib, Qozogʻistondan (8 tonna) oʻzib ketgan va jahonda eng yirik eksportchi boʻlgan. Mart oyida esa 11 tonna oltin eksport qilinib, bu pozitsiya saqlab qolingan.

Aprel oyida eksport qilingan oltinning qiymati 1,91 milliard dollarga teng boʻlgan. Bu oyda ham mamlakat 11 tonna oltin eksport qilgan.  

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+