12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

21-yanvar, 17:36
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston 2024 yilda deyarli $7,5 mlrdlik oltin sotdi

Oltin eksporti oʻtgan yili 8,3 foizga kamayib, umumiy eksportda 27,8 foiz ulushni egallagan.

Oʻzbekiston 2024 yilda deyarli $7,5 mlrdlik oltin sotdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston 2024 yilda xorijga deyarli 7,5 milliard dollarlik oltin yetkazib berdi. Bu koʻrsatkich 2023 yilga nisbatan 8,3 foizga kam boʻlib, umumiy eksportning 27,8 foizi qimmatbaho metallar ulushiga toʻgʻri keladi.

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yil boshidan beri 19,1 foizga oʻsib, 2024 yilni 41,2 milliard dollar bilan yakunladi. Bu davr mobaynida zaxiralar 34,6 milliard dollardan 6,6 milliard dollarga koʻpaydi. Zaxiralardagi oltin ulushi soʻnggi maʼlumotlarga koʻra 32 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Oʻtgan yil davomida oltin narxlari xalqaro bozorlarda bir necha marotaba tarixiy choʻqqilarga chiqdi. Oltin narxi 2025 yilda ham rekordlarni yangilashda davom etishi kutilmoqda. Tahlilchilar fikricha oltin narxi bu yil oxiriga borib $2 900 dan $3 000 gacha yetadi.

Avvalroq, 2024 yil 17 yanvardan boshlab, Oʻzbekistonda 100 grammli oltin quymalari sotuvga chiqarilgani haqida xabar berilgan edi. Oʻzbekistonda mazkur oltin quymalarini sotib olish tartibi bilan bu yerda tanishib chiqish mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+