11 813.210 so‘m

increase

23.880

13 719.860 so‘m

increase

17.120

136.710 so‘m

increase

0.230

11 813.210 so‘m

increase

23.880

2 soat avval
Iqtisodiyot
69

Oʻzbekiston 100 trln soʻmlik davlat aktivlarini sotuvga qoʻyadi

2026 yilgi xususiylashtirish dasturi doirasida 84 ta jamiyatdagi davlat ulushi, 1 242 ta koʻchmas mulk obʼekti va qariyb 8 ming gektar yer savdoga chiqariladi. 

Aktivlarning umumiy qiymati 100 trln soʻmga yaqin baholangan boʻlib, ularni sotishdan kamida 14 trln soʻm tushum olish rejalashtirilgan. 

Xaridorlarga 15 foizlik avans, 25 foizgacha chegirma va yetti yilgacha foizsiz toʻlov imkoniyati beriladi.

Oʻzbekiston 100 trln soʻmlik davlat aktivlarini sotuvga qoʻyadi

2026 yilda Oʻzbekistonda davlatga qarashli yoki davlat ulushi mavjud 100 trln soʻmlik aktivlar xususiy sektorga taklif qilinadi. Bu haqda prezidentning 28 avgustdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–177-son farmonida belgilangan.

Dastur doirasida 84 ta xoʻjalik jamiyatining ustav kapitalidagi davlat ulushi, 1 242 ta koʻchmas mulk obʼekti va qariyb 8 ming gektar yer uchastkasi savdoga chiqariladi. Bundan tashqari, davlat ishtirokidagi 85 ta korxona tugatiladi yoki qayta tashkil etiladi.

Savdoga qoʻyiladigan aktivlarning umumiy qiymati qariyb 100 trln soʻm deb koʻrsatilgan. 2026 yilning oʻzida ularni realizatsiya qilishdan esa kamida 14 trln soʻm tushum olish rejalashtirilmoqda.

Bundan kim qanday foyda oladi?

Xususiylashtirish davlatga, birinchi navbatda, kamida 14 trln soʻmlik toʻgʻridan-toʻgʻri tushum keltirishi kerak. Ushbu mablagʻ davlat byudjetiga yoki qonunchilikda belgilangan boshqa yoʻnalishlarga tushadi.

Biroq asosiy uzoq muddatli samara sotuv narxidan koʻra kengroq boʻlishi mumkin. Samarasiz yoki boʻsh turgan aktivning xususiy mulkdorga oʻtishi davlatning uni saqlash, taʼmirlash va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini kamaytiradi.

Xususiy investor aktivga qoʻshimcha mablagʻ kiritsa, uning bazasida yangi ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish loyihasi tashkil etilishi mumkin. Natijada yangi ish oʻrinlari, foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliqlar va boshqa byudjet tushumlari paydo boʻladi.

Davlat korxonalari xususiylashtirilishi tegishli bozorlarda raqobatni ham kuchaytirishi mumkin. Xususiy mulkdor xarajatlarni qisqartirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va aktivdan koʻproq daromad olishdan bevosita manfaatdor boʻladi.

Shu bilan birga, bu natijalar avtomatik ravishda yuz bermaydi. Aktivning kimga, qanday narxda va qanday investitsiya majburiyatlari bilan sotilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Savdolar yetarli raqobatsiz oʻtsa, narxni pasaytirish va katta chegirmalar davlat mulkining bozor qiymatidan arzon sotilish xavfini oshirishi mumkin.

Avans 15 foizgacha kamaytiriladi, uch oyda sotilmagan aktivlar narxi pasaytiriladi

Davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xarid qilishda avans toʻlovi 15 foiz etib belgilanadi. Uni toʻlash uchun 30 kalendar kun beriladi.

Qolgan summa qonunchilikda belgilangan muddatlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlanadi.

Yirik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotib olayotgan investorlar uchun quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  • qiymatni olti oyda toʻliq toʻlagan xaridor umumiy summadan 25 foiz chegirma oladi;
  • qiymatning 50 foizini olti oyda toʻlagan xaridor qolgan qismini yetti yil davomida foizsiz toʻlaydi;
  • qiymatning 35 foizini uch oyda toʻlagan xaridor qolgan summani besh yil davomida foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin.

Ushbu shartlar davlat aktivlari boʻyicha qiymati 23 ming BHMdan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha esa 8 ming BHMdan yuqori bitimlarga tatbiq etiladi.

Muzokaralarga ommaviy taklif qilish yoʻli bilan sotilgan aktivlar uchun bu imkoniyatlar amal qilmaydi.

Yangi imtiyozlar faqat kelgusidagi savdolarga emas, farmon kuchga kirishidan oldin boshlangan xususiylashtirish jarayonlari va oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan davlat mulkiga ham tatbiq qilinadi.

Ochiq elektron auksion yoki birja savdolarida uch oy davomida sotilmagan davlat aktivining boshlangʻich narxi balans yoki sof aktivlar qiymatidan qatʼi nazar bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytirib boriladi.

Aktiv ikki oy davomida sotilmasa, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uni bir nechta lotga boʻlib yoki boshqa aktivlar bilan birlashtirib, qayta savdoga qoʻyishi mumkin.

Uch oy xaridor topilmagan obʼektlar “gibrid auksion” — ingliz-golland modeli boʻyicha sotiladi. Dastlab narx har bir qadamda 2 foizdan tushiriladi. Birinchi xaridor taklif bildirganidan keyin esa narx shu summadan oshirib boriladi.

Bu usul bozor talab qilmayotgan aktivning real narxini aniqlashga yordam berishi mumkin.

Yerlar “tayyor paket” shaklida taklif qilinadi

Ayrim yer uchastkalari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish texnik shartlari va qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlar bilan birga savdoga chiqariladi.

Hozir tadbirkor yer sotib olganidan soʻng tegishli hujjatlarni olish uchun olti oydan bir yilgacha vaqt sarflashi mumkin. “Tayyor paket” mexanizmi investorning qurilishni tezroq boshlashiga yordam berishi kerak.

Hujjatlarni ishlab chiqish xarajatlari dastlab mahalliy byudjetdan qoplanadi. Keyinchalik ushbu summa yerning boshlangʻich narxiga qoʻshilib, sotuvdan tushgan mablagʻ hisobidan byudjetga qaytariladi.

Banklarning qarzdorlik evaziga olgan mulklari ham sotiladi

Davlat ulushi kamida 50 foiz boʻlgan tijorat banklari qarzdorlik evaziga balansiga qabul qilgan mol-mulk va ular tashkil etgan investitsiya kompaniyalari aktivlarini yangi mexanizmlar asosida sotishi mumkin.

Banklarga bunday mulklar narxini pasaytirish, boshlangʻich toʻlovsiz yoki foizsiz boʻlib-boʻlib sotish huquqi beriladi. Banklar ushbu operatsiyalarni asosiy bank faoliyati bilan bogʻliq tavakkalchiliklar asosida mustaqil amalga oshiradi.

2030 yil 1 yanvargacha qarzdorlik evaziga bank va investitsiya kompaniyalari balansiga olingan koʻchmas mulk boʻyicha mol-mulk hamda yer soligʻi imtiyozlari beriladi. Mulkning xaridoriga ham toʻliq hisob-kitob qilganidan keyin 12 oy davomida mazkur soliqlardan ozod boʻlish imkoniyati yaratiladi.

Strategik korxonalarda davlat maxsus huquqini saqlaydi

Yirik va strategik ahamiyatga ega korxonalar xususiylashtirilganda davlatning vaqtinchalik maxsus ishtirok etish huquqi saqlab qolinishi mumkin.

Bunday huquq prezidentning alohida qarori asosida joriy etiladi va xususiylashtirishdan oldin ochiq eʼlon qilinishi kerak. Bu mexanizm davlatga milliy xavfsizlik, ijtimoiy barqarorlik yoki aholi manfaatlariga taʼsir qiladigan qarorlarda ishtirok etish imkonini beradi.

Davlat xususiylashtirish komissiyasi tugatiladi

Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi tugatiladi. Uning vakolatlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, 2026 yil 1 oktabrdan ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan kompaniyalar hamda ular nazorat qiladigan korxonalarning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish Markaziy depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.

Raqobat shakllangan sohalarda davlat byudjetidan moliyalashtirish manbasiga ega boʻlmagan yangi davlat muassasalarini tashkil etish ham taqiqlanadi. Tijorat faoliyati bilan shugʻullanayotgan davlat muassasalari 2026 yil 1 dekabrgacha xoʻjalik jamiyatlariga aylantirilishi kerak.


2026–2027 yillarda ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiya paketlari

Davlat ishtirokidagi korxonalar tarkibidagi tashkilotlar

T/rTizim yoki taʼsischiKorxona nomiTHShHududSotiladigan ulush
1“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJAndijon mexanika zavodiAJAndijon viloyati100 foiz
2Toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasiYashil fermaMChJSirdaryo viloyati33,3 foiz
3Toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasiOrient TechnologyMChJQoraqalpogʻiston Respublikasi45,1 foiz
4“Olmazor kichik sanoat zonasi” AJUzeltexprom-Motorola-Telekom-RadioMChJToshkent shahri43,3 foiz
5“Olmazor kichik sanoat zonasi” AJChegaraMChJToshkent shahri20 foiz
6“Issiqliktaʼminoti” AJQoʻqonenergomarkazMChJFargʻona viloyati21,2 foiz
7“Uzinfocom” MChJ“Ustudy” IT taʼlim berish markaziMChJToshkent shahri50 foiz
8“Avtogaztaʼminot” MChJKO-UNG CYLINDERQKNavoiy viloyati54,76 foiz
9“Avtogaztaʼminot” MChJKor-UNG InvestmentQKToshkent shahri50 foiz
10“Elektromagnit moslashuv markazi” MChJTelekom chorva-parrandaMChJToshkent viloyati21,6 foiz
11“Elektromagnit moslashuv markazi” MChJToshagroinvestMChJToshkent viloyati18,86 foiz
12“Xalq banki” AJXALQ SUG‘URTAAJToshkent shahri100 foiz
13“Asakabank” AJSayxun Tomorqa ExportMChJSirdaryo viloyati100 foiz
14“Navoiyuran” DKInnovatsion burgʻilash kompaniyasiMChJToshkent shahri25 foiz

Vazirliklar va davlat muassasalari ishtirokidagi korxonalar

T/rTizim yoki taʼsischiKorxona nomiTHShHududSotiladigan ulush
15Iqtisodiyot va moliya vazirligiTuronbankAJToshkent shahri98,9 foiz
16“Interforum” DMXalqaro hamkorlik markaziAJToshkent shahri79,27 foiz
17“Interforum” DMOʻzekspomarkazAJToshkent shahri91,83 foiz
18“Oʻzshaharsozlik LITI” DMTRASTBANKAJToshkent shahri0,001 foiz
19Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiKommunal taʼminot markaziDMToshkent shahri100 foiz
20Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi“Oʻzbekiston arxitekturasi va qurilishi” jurnaliMChJToshkent shahri100 foiz
21Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiRespublika dam olish maskaniDMToshkent viloyati100 foiz
22Energetika vazirligiYashil energiyaMChJToshkent shahri2,6 foiz
23Sogʻliqni saqlash vazirligiNevrologiyaMChJToshkent shahri80 foiz
24Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasiSamarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti oʻquv-tajriba xoʻjaligiMChJSamarqand viloyati100 foiz
25Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiQoraqalpogʻiston Respublikasi yoʻllardan muntazam foydalanish korxonasiDMQoraqalpogʻiston Respublikasi100 foiz
26Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiQoʻngʻirot yoʻllardan muntazam foydalanish korxonasiDMQoraqalpogʻiston Respublikasi100 foiz
27Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiBuxoro yoʻlloyihaMChJBuxoro viloyati50 foiz
28Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiQashqadaryo yoʻllardan muntazam foydalanish korxonasiDMQashqadaryo viloyati100 foiz
29Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi“Oʻzyoʻlkoʻprik” klasterining Namangan filialiDMNamangan viloyati100 foiz
30Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiAvtomagistralDMToshkent viloyati100 foiz
31Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiAvtoyoʻlnurtaʼmirDMToshkent shahri100 foiz

Agentliklar va boshqa respublika tashkilotlari

T/rTizim yoki taʼsischiKorxona nomiTHShHududSotiladigan ulush
32Davlat aktivlarini boshqarish agentligiQumqoʻrgʻon tuman taʼmirlash mexanika zavodiMChJSurxondaryo viloyati25 foiz
33Davlat aktivlarini boshqarish agentligiKoʻprikqurilishAJToshkent shahri100 foiz
34Davlat aktivlarini boshqarish agentligiToshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodiAJToshkent shahri90 foiz
35Davlat aktivlarini boshqarish agentligiMehnat gigiyenasiMChJToshkent shahri100 foiz
36Davlat aktivlarini boshqarish agentligiInno texnoparkMChJToshkent shahri100 foiz
37Davlat aktivlarini boshqarish agentligiHumo AirMChJToshkent shahri100 foiz
38Texnik jihatdan tartibga solish agentligiCONFORMITY ASSESSMENT CENTERMChJToshkent shahri100 foiz
39Texnik jihatdan tartibga solish agentligiO‘ZBEK-TURK TEST MARKAZIMChJToshkent shahri51 foiz
40Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiV-GEN BIOPHARMAMChJToshkent viloyati50 foiz
41Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiOqtosh pansionatiDMToshkent viloyati100 foiz
42Toshkent viloyati oʻsimliklarni himoya qilish markaziOltin koʻz durdonasiMChJToshkent viloyati100 foiz
43Toshkent viloyati oʻsimliklarni himoya qilish markaziOltinkoʻz zar-zaminMChJToshkent viloyati100 foiz

Mahalliy hokimliklar ishtirokidagi korxonalar

T/rKorxona nomiTHShHududSotiladigan ulush
44Namangan avto megastroy savdo kompleksiMChJNamangan viloyati51 foiz
45Ixtisoslashtirilgan qurilish mollari savdo kompleksiMChJNamangan viloyati51 foiz
46Yashil dehqon bozoriMChJNamangan viloyati68 foiz
47Doʻstlik savdo sanoat kompleksiMChJNamangan viloyati51 foiz
48Chust dehqon bozoriMChJNamangan viloyati51 foiz
49Yangiqoʻrgʻon dehqon bozoriMChJNamangan viloyati51,42 foiz
50Toʻraqoʻrgʻon markaziy dehqon bozoriMChJNamangan viloyati51 foiz
51Samarqand uy-joy taʼmir professional boshqaruv tashkilotiDMSamarqand viloyati100 foiz
52Toyloq dehqon bozoriMChJSamarqand viloyati51 foiz
53Samarqand innovatsion avtomobillar bozoriMChJSamarqand viloyati51 foiz
54Gulobod yogʻoch savdo kompleksiMChJSamarqand viloyati51 foiz
55Lolazor Denov BarakatMChJSurxondaryo viloyati51 foiz
56Jarqoʻrgʻon dehqon oziq-ovqat bozoriMChJSurxondaryo viloyati54,6 foiz
57Qibray dehqon bozoriMChJToshkent viloyati51 foiz
58“Fargʻona Yusufxon fayzi” qurilish mollari savdo kompleksiMChJFargʻona viloyati51 foiz
59Rapqon dehqon bozoriMChJFargʻona viloyati51 foiz
60Yakkatut dehqon bozoriMChJFargʻona viloyati52,1 foiz
61Beshariqlik Umarovlar fayziMChJFargʻona viloyati51 foiz
62Beshariq Turon sanoat savdo kompleksiAJFargʻona viloyati 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+