11 797.920 so‘m

decrease

-15.290

13 739.860 so‘m

increase

20.000

138.000 so‘m

increase

1.290

11 797.920 so‘m

decrease

-15.290

Yaqin 1 soat ichida
Bank
29

Ozarbayjonning ABB banki “Davr Bank”ning 51 foizini qariyb $140 mlnga sotib oldi

ABB Davr Bankning 51 foizlik nazorat paketini 1,646 trln soʻmga xarid qildi. Bu qariyb $140 mlnga teng boʻlib, bitim 10 sentabr kuni Toshkent Respublika fond birjasida amalga oshirildi.

Ozarbayjonning ABB banki “Davr Bank”ning 51 foizini qariyb $140 mlnga sotib oldi

Bu haqda Toshkent Respublika fond birjasi maʼlumotlariga tayanib Spot xabar berdi.

10 sentabr kuni Davr Bank aksiyalari boʻyicha oltita ketma-ket bitim amalga oshirilgan. ABB jami 51 mln dona oddiy aksiyani har birini 32 281,28 soʻmdan xarid qilgan.

Natijada bitimlarning umumiy qiymati 1,646 trln soʻmni yoki amaldagi kurs boʻyicha qariyb $140 mlnni tashkil etdi.

Bu bilan ABB Davr Bank ustidan nazoratni beruvchi 51 foizlik paket egasiga aylandi. Iyun oyida Markaziy bank ham Ozarbayjon bankining Davr Bank ustav kapitalidagi 51 foiz ulushni sotib olish rejalarini rasman maʼlum qilgandi.

Dastlab bitim narxi bundan past boʻlishi kutilgandi. May oyida ABB Davr Bank aksiyalarining 51 foizini taxminan $100 mlnga sotib olishi mumkinligi haqida maʼlumotlar tarqalgan edi. Yakuniy birja qiymati esa bundan qariyb $40 mln yoki 40% koʻp boʻldi.

23 avgust kuni Oʻzbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ishtirokidagi tadbirda “ABB Davr” loyihasi rasman taqdim etildi. Davr Bank maʼlumotiga koʻra, loyiha ABB tomonidan bankning nazorat paketini sotib olish va Oʻzbekiston bozorida “ABB Davr” brendi ostida faoliyat yuritishni nazarda tutadi.

Bitim oldidan Davr Bank aksiyalari Toshkent fond birjasiga ham qaytarildi. UZ7050240009 kodli aksiyalar DRBK tikeri bilan listingga kiritilib, 28 avgustdan savdolar qayta boshlangan. Bank aksiyalari bundan oldin 2021 yilda birja kotirovka varagʻidan chiqarilgandi.

Davr Bank 2001 yilda tashkil etilgan. Bitimdan oldin bankdagi eng yirik ulush — 46,9% Lutfulla Ubayevga tegishli boʻlgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+