12 187.680 so‘m

decrease

-48.450

14 366.840 so‘m

decrease

-73.020

159.090 so‘m

decrease

-0.010

12 187.680 so‘m

decrease

-48.450

7 soat avval
Texnologiya
38

“Oʻz xalqidan qoʻrqqan davlatning ayanchli manzarasi” — Durov Rossiyada unga nisbatan ochilgan jinoyat ishi haqida

Rossiya Pavel Durovga nisbatan “terrorizmni moliyalashtirish” ayblovi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatdi. Telegram asoschisi buni shaxsiy daxlsizlik va soʻz erkinligiga tahdid sifatida baholab, vaziyatni “oʻz xalqidan qoʻrqqan davlatning ayanchli manzarasi” deb atadi.

“Oʻz xalqidan qoʻrqqan davlatning ayanchli manzarasi” — Durov Rossiyada unga nisbatan ochilgan jinoyat ishi haqida
Foto: AI/Pinkod.uz

Rossiya OAVlari, jumladan Kommersant va Rossiyskaya gazeta, Telegram asoschisi Pavel Durovga nisbatan terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashish moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida xabar berdi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, 2022 yildan buyon Telegram orqali sodir etilgan jinoyatlar soni 153 mingdan oshgan. Shundan 33 mingga yaqini qoʻporuvchilik, terrorchilik va ekstremistik yoʻnalishdagi jinoyatlarga toʻgʻri keladi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) esa 2022 yildan beri Telegram orqali tayyorlangan 475 ta terrorchilik harakatining oldi olinganini maʼlum qilgan.

Shuningdek, messenjer Moskva viloyatidagi Crocus City Hall konsert zalida sodir etilgan va 149 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan teraktni tashkil etishda ham qoʻllanilgani aytilmoqda. Biroq ushbu hujumlarga Durovning bevosita aloqasi borligi haqida rasmiy dalillar keltirilmagan.

10 fevraldan boshlab Roskomnadzor Telegram faoliyatini sekinlashtirish choralarini kuchaytirdi. Idora bu qaror “Rossiya qonunchiligiga rioya etilishini taʼminlash va fuqarolarni himoya qilish” maqsadida qabul qilinganini bildirgan.

Keyinchalik Rossiya raqamli rivojlanish vaziri Maksut Shadayev ham yuqoridagi tezislarni takrorlab, xorijiy maxsus xizmatlar Telegran’dagi yozishmalarga kirish imkoniga ega ekanini va bu maʼlumotlardan Rossiya armiyasiga qarshi harbiy harakatlarda foydalanilayotganini daʼvo qilgan.

Pavel Durovning munosabati

Pavel Durov mazkur ayblovlarni shaxsiy daxlsizlik va soʻz erkinligiga tahdid sifatida baholadi. U oʻzining Telegram-kanalida quyidagicha yozdi:

“Rossiya menga nisbatan ʼterrorizmga koʻmaklashishʼ ayblovi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatdi. Har kuni hukumat rossiyaliklarning Telegramʼdan foydalanishini cheklash uchun yangi bahonalar oʻylab topmoqda. Bu — shaxsiy hayot daxlsizligi va soʻz erkinligini bostirishga urinishdir. Oʻz xalqidan qoʻrqqan davlatning ayanchli manzarasi.”

Bu platforma asoschisiga u bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan shaxslar faoliyati uchun javobgarlik yuklash bilan bogʻliq birinchi holat emas. 2024 yil avgustida Parij prokuraturasi ham Durovga nisbatan ayblovlar ilgari surgan edi. Ular orasida noqonuniy tranzaksiyalarda sheriklik, firibgarlik hamda vakolatli organlarga zarur maʼlumot yoki hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortish ayblovlari mavjud boʻlgan.

Durov qoʻlga olingach, 5 million yevro garov evaziga ozod etilgan. Hozirda u sud nazorati ostida boʻlib, muntazam ravishda politsiyada roʻyxatdan oʻtib turishi shart.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+