12 002.100 so‘m

increase

14.210

13 166.300 so‘m

increase

51.550

146.020 so‘m

increase

0.610

12 002.100 so‘m

increase

14.210

1 soat avval
Bank
75

Oybek Voxidov Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi oʻrinbosari vazifasidan ozod qilindi

Oybek Voxidov 2024 yildan beri Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Oybek Voxidov Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi oʻrinbosari vazifasidan ozod qilindi

Biznesni rivojlantirish banki kuzatuv kengashi 20 noyabr kuni Oybek Roziqovich Voxidovning boshqaruv raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi sifatidagi vakolatlarini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda 27 noyabr kuni Korporativ axborot yagona portalida eʼlon qilingan hujjatdan maʼlum boʻldi.

Yigʻilish bayonnomasi 27 noyabrda rasmiylashtirilgan. Eʼlonda qaror sababi va Voxidovning oʻrniga kim kelishi koʻrsatilmagan.

Oybek Voxidov 1980 yil 2 mayda Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashqi iqtisodiy faoliyat yoʻnalishida tahsil olgan. Tarjimai holda universitetni tamomlagan yillar sifatida 2001 va 2003 yillar koʻrsatilgan. Voxidov bank sohasidagi faoliyatini 2001 yilda boshlagan.

Oʻzsanoatqurilishbankning 2019 yilgi korporativ axborotida Voxidov bankning bosh buxgalteri sifatida koʻrsatilgan. Hujjatda u 2015 yil yanvaridan bank boshqaruvi aʼzosi boʻlgani ham qayd etilgan.

12 oktabrda bank kuzatuv kengashi rais oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Nizomiddin Abbosovning ham vakolatlarini tugatgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+