11 806.970 so‘m

decrease

-18.430

13 430.430 so‘m

decrease

-52.890

139.860 so‘m

decrease

-0.480

11 806.970 so‘m

decrease

-18.430

Yaqin 1 soat ichida
Texnologiya
34

OpenAI ChatGPT uchun oyiga $500lik Pro Max tarifini tayyorlamoqda — OAV

OpenAI ChatGPT uchun oyiga $500 turishi mumkin boʻlgan yangi “Pro Max” obuna rejasini sinovdan oʻtkazmoqda. Hozircha rasman eʼlon qilinmagan tarif mavjud $200lik Pro rejasidan 2,5 baravar qimmat boʻlishi mumkin va asosan Work hamda Codex’da yuqori tezlik taklif qilishi kutilmoqda.

OpenAI ChatGPT uchun oyiga $500lik Pro Max tarifini tayyorlamoqda — OAV

ChatGPT interfeysida “Pro Max” deb nomlangan yangi obuna varianti paydo boʻla boshladi, deb yozmoqda BleepingComputer TestingCatalog aniqlagan maʼlumotlarga tayanib. Sinov sahifalaridan birida tarif narxi oyiga $500, soliqlar yoki QQS qoʻshilgan boshqa variantda esa $600 etib koʻrsatilgan.

Yangi tarif tavsifida uning asosiy ustunliklaridan biri “Fastest Work and Codex”, yaʼni ChatGPT Work va Codex’dan eng yuqori tezlikda foydalanish imkoniyati ekani koʻrsatilgan. Bundan tashqari, Pro Max eng kuchli modellar, maksimal xotira, 100 GB fayl saqlash hajmi va yangi funksiyalarga erta kirishni taklif qilishi mumkin.

ChatGPT

Biroq OpenAI hozircha “Pro Max” tarifini rasman taqdim etmagan. Shu sababli uning yakuniy narxi, foydalanish limitlari, qaysi davlatlarda va qachondan ishga tushirilishi nomaʼlum.

Ayni paytda OpenAI’ning Pro obunasi oyiga $100 va $200lik variantlarda mavjud. Kompaniya maʼlumotiga koʻra, $100lik tarif Plus’ga nisbatan besh baravar, $200lik tarif esa 20 baravar yuqori foydalanish limitlarini beradi. 10 sentabrdan esa yangi foydalanuvchilar uchun $200lik Pro tarifiga ulanish va unga oʻtish vaqtincha toʻxtatilgan.

Agar Pro Max aynan $500 narxda ishga tushirilsa, u $200lik yuqori Pro tarifidan 150 foiz qimmatroq boʻladi. BleepingComputer uning yuqori tezligi OpenAI foydalanayotgan Cerebras infratuzilmasi bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini taxmin qilmoqda, biroq OpenAI ham, Cerebras ham Pro Max uchun bunday bogʻliqlikni tasdiqlamagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+