12 057.320 so‘m

decrease

-21.150

14 192.670 so‘m

decrease

-41.810

155.160 so‘m

decrease

-0.070

12 057.320 so‘m

decrease

-21.150

Yaqin 35 daqiqa ichida
Bozor
31

Oltin quymalari narxi ketma-ket beshinchi kun rekord yangiladi

Ayni paytda 1 gramm oltin 1 mln 792 ming 240 soʻmga teng boʻlib, yil boshidan buyon narxlar 58,3 foizga oshgan. Shu bilan birga, jahon bozorida oltin narxi qisqa muddatda 4 550 dollargacha koʻtarilib, keyin korreksiya tufayli 4 470 dollarga pasaydi.

Oltin quymalari narxi ketma-ket beshinchi kun rekord yangiladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi ketma-ket beshinchi kun rekord darajani qayd etdi. 

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, ayni vaqtda 1 gramm oltin quymasining narxi 1 mln 792 ming 240 soʻmni tashkil qilmoqda. Jumladan, 5 grammlik quymalar narxi 8,961 mln soʻmga baholandi.

Yil boshidan buyon mamlakatda oltin quymalari narxi 58,3 foizga oʻsgan. Quymalar narxi 59-marta rekord oʻrnatdi.

Jahon bozorida esa vaziyat oʻzgaruvchan. 29 dekabr kuni savdolar davomida oltin narxi bir muddat 4 550 dollargacha koʻtarildi. Biroq, shundan soʻng narxlar korreksiyasi (tuzatilish) kuzatilib, xabar tayyorlanayotgan vaqtda qimmatbaho metall narxi 4 471 dollargacha pasaydi.

Mutaxassislar narx oʻsishini AQShda foiz stavkalari yana pasaytirilishi kutilayotgani, shuningdek, xavfsiz aktivlarga boʻlgan talabning keskin oshishi bilan izohlamoqda

Anʼanaviy ravishda xavfsiz aktiv sifatida qaraladigan oltin geosiyosiy va savdo ziddiyatlarining kuchayishi, markaziy banklarning barqaror xaridlari hamda kelgusi yilda foiz stavkalari pasayishi haqidagi kutilmalar fonida qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Bundan tashqari, AQSh dollarining zaiflashuvi ham oltin narxining oshishiga qoʻshimcha turtki bermoqda. Bu holat qimmatbaho metallni xorijiy xaridorlar uchun nisbatan arzonlashtirmoqda.

Kumush bozorida ham shunga oʻxshash holat qayd etildi: narxlar avvaliga 83,93 dollargacha koʻtarilgan boʻlsa-da, keyinchalik savdolar jarayonida 75,85 dollargacha arzonlashdi.

Bunga oq metallga boʻlgan talabning oshib borayotgani sabab boʻlmoqda. Joriy yil boshida AQSh hukumati kumushni muhim (strategik) metall sifatida belgiladi, bu esa uning jozibadorligini yanada kuchaytirdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+