12 910.150 so‘m

decrease

-14.770

14 660.770 so‘m

increase

40.100

159.780 so‘m

decrease

-0.160

12 910.150 so‘m

decrease

-14.770

2 kun avval
Bozor

Oltin narxi yana koʻtarilmoqda

Jumladan, jahon bozorida oltin narxi bir troya unsiya uchun $3 400 dan oshdi. Buning natijasida esa Oʻzbekistonda Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan oltin quymalari narxi ham koʻtarildi.

Oltin narxi yana koʻtarilmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Jahon bozorida oltin narxi yana oshmoqda. 2025 yil 7-may kuni bir unsiya oltin narxi $3 422 ga yetdi. Xabar nashr qilinayotgan paytda qimmatbaho metall $3 385 dan savdo qilinmoqda

Mutaxassislar bu vaziyatni AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan olib borilayotgan tajovuzkor savdo siyosati bilan bogʻlamoqda.

Geosiyosiy va iqtisodiy noaniqlik kuchaygan bir paytda, koʻplab yirik investorlar fond birjalari kabi xavfli boʻlgan aktivlar oʻrnige, anʼanaviy tarzda "xavfsiz bandargoh" hisoblangan oltinga sarmoya yoʻnaltirishni boshladi. Bu esa oltin narxining keskin koʻtarilishiga olib keldi.

Oʻzbekistondagi narxlar

Global bozor tendensiyasi Oʻzbekiston ichki bozorida ham aks etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil 7-may holatiga 1 gramm oltin narxi 1 447 010 soʻmni tashkil etmoqda. Banklar orqali sotilayotgan oʻlchovli quyma oltin quyidagi narxlarda taklif etilmoqda:

  • 5 gramm — 7 235 000 soʻm
  • 10 gramm — 14 470 000 soʻm
  • 20 gramm — 28 940 000 soʻm
  • 50 gramm — 72 350 000 soʻm
  • 100 gramm — 144 701 000 soʻm

Oltin quymalarini banklardan sotib olish imkoniyati mavjud. Banklarning manzillari va batafsil maʼlumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin.


Avvalroq, Goldman Sachs oʻz prognozini yangilab, oltin narxi yil yakuniga qadar $3 700 ga yetishini maʼlum qilgan edi. Bankning taʼkidlashicha, AQSh iqtisodiyotida retsessiya (inqiroz) ehtimoli 45 foizni tashkil qiladi. Agar bu ssenariy amalga oshsa, oltin narxi bundan ham yuqoriga koʻtarilishi mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+