12 128.020 so‘m

increase

29.900

14 419.000 so‘m

increase

65.790

158.520 so‘m

decrease

-0.120

12 128.020 so‘m

increase

29.900

2 soat avval
Bozor
18

Oltin narxi tarixda ilk bor 5 300 dollarga yetdi

28 yanvar kuni jahon bozorlarida oltin narxi tarixda ilk marotaba 5 300 dollarga yetdi. Bank of America tahlichilariga koʻra, hozirgi bozor sharoitlari saqlanib qolsa, 2026 yil oxiriga kelib oltin narxi bir unsiya uchun 6 ming dollargacha koʻtarilishi mumkin.

Oltin narxi tarixda ilk bor 5 300 dollarga yetdi
Foto: AI/Pinkod.uz

28 yanvar kuni jahon bozorlarida oltin narxi tarixda ilk marotaba 5 300 dollar chegarasidan yuqoriga koʻtarildi. Bugunning oʻzida oltin narxi qisqa vaqtda 5 200 va 5 300 dollarlik psixologik chegaralarni bosib oʻtdi.

AQSh dollariga boʻlgan ishonchning susayishi hamda AQSh Federal zaxira tizimi mustaqilligi borasidagi xavotirlar investorlarni xavfsiz aktiv oltinga yoʻnaltirmoqda.

Spot oltin narxi Oʻzbekiston vaqti bilan 16:42 holatiga koʻra, bir unsiya uchun 5 260,3 dollarni tashkil etmoqda. Kun davomida narx rekord darajadagi 5 312,31 dollargacha yetdi. 

Avvalroq Goldman Sachs banki 2026 yil oxiriga borib oltin narxi 5 400 dollarga yetishini prognoz qilgan edi. Biroq yilning ilk oyi yakunlanmasidan turib oltin narxi deyarli ushbu prognoz darajasiga yetib keldi. Bu holat moliyaviy bozorlarda prognozlar doimo taxminiy xarakterga ega ekanini yana bir bor tasdiqlamoqda.

XS.com kompaniyasining katta bozor tahlilchisi Linh Tranning taʼkidlashicha, oltin narxining oʻsishi faqat bozorlaridagi xavotirlar bilan bogʻliq emas.

“Investorlar global pul-kredit va fiskal tizimga nisbatan ehtiyotkor pozitsiyaga oʻtayotgani ham oltin talabini oshirmoqda”, — deydi u.

Ayni paytda moliyaviy institutlar, jumladan Deutsche Bank va Bank of America tahlilchilariga koʻra, agar hozirgi bozor sharoitlari saqlanib qolsa, 2026 yil oxiriga kelib oltin narxi bir unsiya uchun 6 ming dollargacha yetishi mumkin.


Avvalroq Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi ketma-ket yettinchi kun ham rekord darajani yangilagani xabar qilingan edi

Xususan, 5 grammlik oltin quymasi narxi ilk bor qariyb 10,3 million soʻmga yetdi. Jahon bozorlaridagi oʻsish surʼatlari saqlanib qolsa, payshanba kuni ham quymalar narxi yana bir rekordni yangilashi mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+