12 021.610 so‘m

decrease

-38.170

14 092.930 so‘m

decrease

-36.310

150.440 so‘m

increase

0.370

12 021.610 so‘m

decrease

-38.170

1 kun avval
Bozor
46

Oltin narxi 2026 yil oxirigacha $4 900 ga yetishi mumkin — Goldman Sachs

Goldman Sachs prognoziga koʻra, markaziy banklar talabi va foiz stavkalarining pasayishi fonida 2026 yil oxiriga borib oltin narxi unsiyasi $4 900 ga yetadi. Neft bozorida esa ortiqcha taklif sabab Brent markali neft narxi oʻrtacha $56/barrelgacha pasayishi kutilmoqda.

Oltin narxi 2026 yil oxirigacha $4 900 ga yetishi mumkin — Goldman Sachs
Foto: AI/Pinkod.uz

Jahonning yirik investitsiyaviy banki Goldman Sachs 2026 yilda ham oltin narxlari koʻtarilishini tahmin qilmoqda. Bankga koʻra, oltin narxi markaziy banklar tomonidan barqaror xaridlar va AQSh Federal rezerv tizimi foiz stavkalarini pasaytirishi fonida oshishda davom etadi. 

Bankning asosiy ssenariysida 2026 yil dekabriga kelib oltin bir unsiyasi $4 900 ga yetadi, bu hozirgi darajadan taxminan 14 foiz yuqori. Agar xususiy investorlar ham oltinni faolroq sotib ola boshlasa, narx bundan ham yuqoriroq boʻlishi mumkin. Shu sabab Goldman oltin boʻyicha uzoq muddatli investitsiyani tavsiya qilmoqda.

Xabar tayyorlanayotgan paytda, oltinning bir troya unsiyasi narxi $4,324.20 atrofida savdo qilinmoqda. Oʻzbekiston banklaridagi Markaziy bank tomonidan chiqarilgan oltin quymalari narxi esa quyidagicha:

Mis bozorida esa 2026 yilda keskin oʻsish emas, balki barqarorlashuv kutilmoqda. Narxlar oʻrtacha $11 400/tonna atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda. Shunga qaramay, Goldman misni eng istiqbolli sanoat metallari qatorida koʻradi. Buning sababi — elektrifikatsiya jarayonlari misga boʻlgan talabni doimiy ravishda oshirmoqda, konlar orqali taklif esa cheklangan.

Neft bozorida esa aksincha, bosim saqlanib qoladi. Goldman Sachs 2026 yilda Brent nefti oʻrtacha $56, WTI esa $52/barrelgacha tushishini kutmoqda. Agar yirik taʼminot uzilishlari yoki OPEK tomonidan keskin ishlab chiqarish qisqartirilishi boʻlmasa, bozorni muvozanatlash uchun arzonroq neft talab etiladi. Bank neft narxlari eng past darajaga 2026 yil oʻrtalarida yetishini taxmin qilmoqda.

Shu bilan birga, 2026 yil oxiridan boshlab neft narxlari asta-sekin tiklana boshlaydi. 2027 yilda bozorda taqchillik paydo boʻlishi kutilayotgani sababli, uzoq muddatda narxlar qayta oʻsishga oʻtadi. Goldman prognoziga koʻra, 2028 yil oxiriga kelib Brent nefti $80, WTI esa $76/barrel darajasiga yetadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+