11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

13 927.900 so‘m

decrease

-56.490

152.560 so‘m

decrease

-0.310

11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

19-noyabr, 2025
Bozor
201

Oktabr oyida Oʻzbekistonda avtomobil savdosi keskin oshdi

Oktabr oyida Oʻzbekistonda avtomobil savdosi sezilarli faollashdi. Umumiy savdo hajmi 112,5 ming donaga yetib, oylik oʻsish 11%ni tashkil qildi. Eng katta oʻsish Namangan, Jizzax va Buxoro viloyatlarida kuzatildi.

Oktabr oyida Oʻzbekistonda avtomobil savdosi keskin oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga koʻra, oktabr oyida respublika boʻyicha barcha turdagi avtotransport vositalari savdosi 112,5 ming donaga yetdi. Bu koʻrsatkich sentabrga nisbatan 11% yuqori boʻlib, savdo faolligi barcha asosiy segmentlarda ortgani qayd etildi.

Yengil avtomobillar bozori (birlamchi va ikkilamchi segmentlar) umumiy hisobda 95,4 ming donaga teng boʻlib, oylik oʻsish 12,7%ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng yuqori oʻsish Namangan, Jizzax va Buxoro viloyatlarida kuzatilib, bu hududlarda savdolar 20%dan ziyod oshgan. Aksincha, Samarqand viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida savdo faolligi biroz pasaygan.

Birlamchi avtomobil bozori

Oktabr oyida birlamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi qariyb 19%ga oshib, qoʻshimcha 6 ming dona avtomobilning sotilishiga olib keldi. Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar segmentida savdolar 33,4 ming donaga yetib, sentabr oyiga nisbatan 22% oʻsish qayd etildi. Yangi xorijiy avtomobillar bozori esa barqaror oʻsishni koʻrsatib, 1,1%lik oʻsish bilan 4,5 ming donani tashkil etdi.

Ikkilamchi avtomobil bozori

Ikkilamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi oy davomida 9%ga oshib, 57,4 ming donaga etdi. Bu segmentda elektromobillar savdosi sezilarli darajada faollashib, 3 ming donadan oshdi va oylik hisobda 15,2% oʻsdi. Yillik solishtirganda esa elektromobil savdolari 2,3 barobar koʻp ekani qayd etildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+