12 705.790 so‘m

increase

59.230

14 704.410 so‘m

increase

243.070

159.200 so‘m

decrease

-1.680

12 705.790 so‘m

increase

59.230

3 kun avval
Bank

Octobank 13 iyundan boshlab Humans kartalariga xizmat koʻrsatishni toʻxtatadi

Bunga Humans tomonidan shartnomaviy majburiyatlarning muntazam ravishda buzilishi sabab qilib koʻrsatilgan.

Shuningdek, ayni vaqtda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida Octobank tomonidan Humans’ga nisbatan 500 milliard soʻmlik daʼvo ishi koʻrib chiqilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Octobank va Humans oʻrtasidagi moliyaviy xizmatlar boʻyicha hamkorlik 2020 yildan beri davom etib kelgan edi.

Octobank 13 iyundan boshlab Humans kartalariga xizmat koʻrsatishni toʻxtatadi
Foto: AI / Pinkod.uz

Octobank AJ 2025 yil 13 iyun kuni soat 18:00 dan boshlab HUMANS MChJ bilan oʻzaro hisob-kitoblar (kliring) va moliyaviy xizmatlar doirasida chiqarilgan bank kartalari orqali operatsiyalarni amalga oshirishni toʻxtatishini eʼlon qildi.

Bank bayonotiga koʻra, ushbu qaror HUMANS MChJ tomonidan shartnomaviy majburiyatlarni doimiy ravishda buzishi va koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlanmasligi sababli qabul qilingan.

Maʼlumot uchun, 2020 yildan buyon tomonlar oʻrtasida moliyaviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha hamkorlik kelishuvi amal qilib kelgan boʻlib, unda Octobank AJ (avvalgi Ravnaqbank) hamkor sifatida ishtirok etgan. Bank oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarganini bildirgan, ammo "HUMANS" tomonidan kliring operatsiyalari boʻyicha qarzdorlik haligacha qoplanmagan.

Hozirda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida Octobank AJ tomonidan HUMANS MChJga nisbatan 500 milliard soʻmdan ortiq summadagi qarzni undirish va yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan daʼvo ishi koʻrib chiqilmoqda.

Bank tomonidan taʼkidlanishicha, hamkorlikni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablariga toʻliq rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, bank mijozlarini xabardor qilib oʻtishicha, amaldagi "Humans" kobrend kartalaridagi pul mablagʻlari HUMANS moliyaviy servisidagi shaxsiy hisobvaraqlarga oʻtkaziladi. Bu mablagʻlar bilan bogʻliq barcha operatsiyalar va qoldiqlar endi faqat HUMANS MChJ hisobvaragʻida yuritiladi.

Mijozlar oʻz mablagʻlarini qaytarib olish zaruriyati tugʻilganda, toʻgʻridan-toʻgʻri HUMANS MChJga murojaat qilishlari kerak boʻladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+