11 987.160 so‘m

increase

13.680

13 393.250 so‘m

decrease

-43.390

146.290 so‘m

decrease

-0.300

11 987.160 so‘m

increase

13.680

Yaqin 3 soat ichida
Work&life
29

Nvidia rahbari Jensen Huang Xitoy josusi deb gumon qilinayotgan ayol bilan romantik munosabatda boʻlgan — FT

AQSh rasmiylari Nvidia bosh direktori Jensen Huang Xitoy razvedkasiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan tadbirkor ayol bilan romantik munosabatda boʻlgan, deb hisoblamoqda. Financial Times bu haqda razvedka maʼlumotlari asosida tayyorlangan xizmat yozishmasidan xabardor manbalarga tayanib yozdi. Nvidia avvalroq ular oʻrtasidagi aloqalarni odatiy ish munosabatlari sifatida izohlagan.

Nvidia rahbari Jensen Huang Xitoy josusi deb gumon qilinayotgan ayol bilan romantik munosabatda boʻlgan — FT

Gap Singapurdagi Megaspeed kompaniyasi bilan bogʻliq rahbar Alis Huang haqida bormoqda. Nashr manbalariga koʻra, AQSh razvedkasi uni Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligi josuslik uchun yollagan, deb hisoblaydi. Jensen Huang bilan ehtimoliy romantik munosabat haqidagi daʼvo ham shu razvedka maʼlumotlariga asoslangan hujjatda qayd etilgan.

Masala AQSh Kongressi eʼtiboriga ham tushgan. Vakillar palatasining tashqi ishlar, Xitoy va razvedka masalalari boʻyicha uchta qoʻmitasi raislari Huangdan Alis Huang bilan aloqalari hamda Nvidia’ning xorijiy josuslikdan himoyalanish choralarini tushuntirishni soʻragan.

Qoʻmitalar 18 noyabr kuni yopiq brifing oʻtkazishni taklif qilgan. Nvidia rahbaridan 11 noyabrgacha ushbu sanani tasdiqlash yoki boshqa kunni taklif etish soʻralgan.

Nvidia esa Huang har yili minglab mijoz kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashishini, Alis Huang bilan muloqotlari ham odatiy ish faoliyatining bir qismi ekanini bildirgan. Kompaniya mintaqaviy bulut xizmatlari mijozlariga oddiy tijoriy maʼlumotlar berilishini, maxfiy texnologik sirlar yoki milliy xavfsizlikka oid axborot taqdim etilmasligini taʼkidlagan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ham avvalgi josuslik haqidagi xabarlarni rad etgan. Vazirlik vakili Guo Jiakun 30 oktabr kuni ularni asossiz taxminlar va Xitoyni obroʻsizlantirishga urinish deb atagan.

Daʼvolar AQShning ilgʻor sunʼiy intellekt chiplarini Xitoyga yetkazib berishga qoʻygan cheklovlari fonida paydo boʻlmoqda. Megaspeed ushbu cheklovlarni chetlab oʻtishga yordam bergan boʻlishi mumkinligi yuzasidan tekshiruvlar eʼtiboriga tushgan. Nvidia esa oʻz tekshiruvida chiplar noqonuniy ravishda Xitoyga yoʻnaltirilganiga dalil topmaganini bildirgan.

Singapur Ichki ishlar vazirligi 31 oktabrdagi bayonotida Megaspeed boʻyicha tekshiruv davom etayotganini tasdiqlagan. Ayni paytda vazirlik Alis Huangning Xitoy razvedkasi yoki Jensen Huang bilan aloqalari yuzasidan Singapur hukumati tekshiruv oʻtkazgani haqidagi xabarlarni rad etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+